ANALOGIYA (yun. o‗xshash, monand) —
umuman har xil bo‗lgan predmetlar,
hodisalarning muayyan ma‘noda o‗xshashligi, monandligi.
ANARXIK KOMMUNIZM (yun.
anarxia – hokimiyatsizlik, beboshliq, lot.
communis – umumiy) — anarxizm va kommunizmning bir oqimi. U libertal kommunizm
deb ham ataladi. Maqsadi anarxiyani o‗rnatish. Asosiy nazariyotchisi Pyotr Aleksevich
Kropotkin (1842-1921) bo‗lgan, lekin uning o‗zi anarxo-kommunist bo‗lmagan. Yangi
Sovet hokimiyatini tuzishda anarxo-kommunizmning g‗oyalari muhim rol o‗ynagan.
(Анархия ва анархизмдан пастга ўтиши керакмасми)
ANARXIYA (yun.
anarchia – beboshliq, hokimiyatsizlik, boshboshdoqlik) —
davlatda yagona rahbar yo‗qligi, hokimiyatga da‘vogar turli siyosiy kuchlarning o‗zaro
kurashi. Ayrim kishilar va guruhlarning boshliqlarga bo‗ysunmasligi va buning oqibatida
kelib chiqadigan tartibsizlik. A. yuzaki qarashda demokratiyaning bir ko‗rinishiga
o‗xshaydi, ammo butunlay boshqa hodisadir. A.da siyosiy liderlar ko‗payadi. A.ga
asoslangan individualizm fal.sining yirik vakilidan Shtirnker (1806-1956) axloq sohasida
egoizm-xudbinlik, yorqin shaxslarning o‗ziga xosligini yo‗qotmaslik, shaxsiy
manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlaridan ustun qo‗yish tarafdori edi. A. individualizm
sifatida XIX a.da Fransiya va Ispaniyada keng tarqaldi. M.Shtirner, P.Prudon, M.Bakunin
A. liderlaridir. XX a. boshlarida A. tarafdorlarini har qanday hokimiyatga qarshi,
hokimiyatsizlikni yoqlovchilar deb tushunar edilar. A.ning fal.iy asosi individualism -
shaxsiyatparastlik, subyektivizm – o‗z qarashlarini ustun qo‗yish, volyuntarizm –
o‗zboshimchalikdir. Shu bilan birga, A. tarafdorlari inqilob, to‗ntarishi yo‗li bilan
davlatni egallashni ham qoralaydilar. A.ni har qanday davlat tuzumiga qarshi bo‗lgani
uchun muhim g‗oya sifatida qabul qilish mumkin emas.