AMBIVALENTLIK — siyosiy ko‗rinishlarning qarama qarshi va ichki ikki
taraflamalikni belgilaydigan, uning ichki tarkibidagi shartli qarama qarshi fikrlarning
mavjudligiga oid ibora.
AMORALIZM (lot.
a – yo‘q,
moralis – axloq) — ma‘naviy hayot va shaxslararo
munosabatda axloq me‘yorlarining buzilishi hamda ularni inkor etish, umume‘tirof
etilgan xulq-atvor mezonlariga e‘tiborsizlik va ularga yengil-yelpi munosabatda bo‘lish.
―A.‖ atamasi ilk marotaba g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan Makiavelli, Loyol, Liguor,
Buzenbaum, falsafiy talqini esa F.Nitshe tomonidan amalga oshirilgan. Amaliyotda A.
alohida bir shaxsning ma‘naviy yetuk emasligi yoki jamiyatdagi muayyan kishilarni
ma‘naviy tubanlikka olib keluvchi ijtimoiy holatlar bilan ham bo‘gliq bo‘lishi mumkin.
AN‟ANA (arb.) — tarixan vujudga kelgan, barcha uchun umumiy, odatdagi hayot
uslubi va harakatga aylangan, muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruhda hukumronlik
qiluvchi va alohida shaxslar ham, butun jamiyat ham amal qilishini talab etuvchi va amal
qilinuvchi ijtimoiy hayot tartibi. Ajdodlarning tarixan to‗plagan ma‘naviy qadriyatlarini
avlodlarga uzatish (berish) vositasi. A. o‗z holicha mavhum tushuncha bo‗lib, aslida A.ga
aylangan rasm-rusumlar, urf-odatlar, marosimlar, udumlar, ko‗nikmalar, malakalar,
turmush tarzi va b. haqida fikr yuritilganda, u aniq ma‘no kasb etadi. Millatlar, xalqlar,
elatlarning tarixiy xotirasiga zo‗r hurmat bilan qarash avvalo A.ga aylangan
marosimlarda o‗z ifodasini topadi. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida
shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli A.larning shakllanishiga
ta‘sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me‘yorlari, urf-odat, marosim va b.
A. sifatida namoyon bo‗ladi. A.larni jamiyat va odamlarni boshqarishning ma‘naviy
omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. A.lar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa
avlod tajribalariga o‗rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o‗z A.lari bo‗lib, vaqt
o‗tishi bilan o‗zgarib, mazmunan boyib boradi, ba‘zilari yo‗qoladi, yangilari vujudga
keladi. Shun., bir zamonning an‘analari ikkinchisiga mos kelmasligi mumkin. Davr
talabiga javob bermaydigan A.lar unutiladi, o‗tmishga aylanadi. A. inson faoliyatining
hamma sohalarida, namoyon bo‗ladi.