13
an‘analar, odatlar, norma va qadriyatlar hamda xulq atvor namunalari boshqa millat va
etnik guruhlar vakillari dunyoqarashida o‗z ifodasini topadi va mustahkamlanadi.
AKSESSION SHARTNOMA
(lot. qo‗shilish) —
biror davlat ilgari boshqa
davlatlar qabul qilgan shartnomaga qo‗shilganligini tasdiqlovchi shartnoma.
AKSIYA
— 1) harakat, biror bir maqsadga erishishga yo‗naltirilgan chiqish yoki
harakat (mas., siyosiy, diplomatik A.); 2) aksionerlik jamiyati kapitaliga mablag‗
qo‗yganligini tasdiqlovchi va uning egasiga dividend ko‗rinishida
foydaning bir qismini
olishga huquq beruvchi qimmatli qog‗oz. Ko‗pchilik A. egalari aksionerlarning umumiy
yig‗ilishlarida masala yechimidagi qaror qabul qilishda ovoz berish huquqini beradi.
AKT
(lot.
actus
– harakat, as turn – hujjat) — 1) harakat, amal; 2) ma‘lum shaklda
tuzilgan rasmiy hujjat (k. Dalolatnoma).
Dostları ilə paylaş: