14
ALTERNATIV
(fr.
alternative
, lot.
alter
– ikkitadan biri) — muqobil so‗zi, bir-
birini istisno etuvchi imkoniyatlar xilma-xilligini, ulardan
birini tanlash zarurligini
bildiruvchi tushuncha. A.ga tabiiy bir holat sifatida qarash kerak. A. bo‗lmagan joyda
yagona g‗oya va subyektiv fikrga erk beriladi. Tanlash imkoniyati mavjud bo‗lmaydi.
Bunday holat
siyosiy tafakkur rivojiga, umuman taraqqiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuning uchun, A. erkinlik va demokratiyaning eng muhim tamoyillaridandir.
ALTERNATIV HARAKATLAR
—
ekologiya,
urush va tinchlik, turmush
darajasi va b. dolzarb umumbashariy muammolarning o‗ziga
xos yechimlarini topishga
intiluvchi yangi jamoatchilik harakatlari.
ALTING
— Islandiyaning ikki palatali parlamenti
ALYANS
(fr.
alliance
– ittifoq) — ayrim shaxslarning,
siyosiy partiya yoki
davlatlarning umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzgan ittifoqi, birlashmasi.
AMALIY GEOSIYOSAT
— Lakost tomonidan ilgari surilgan atama bo‗lib,
geosiyosiy vositadan foydalanish, asosiy tamoyillarni hisobga olmagan holda, mintaqaviy
miqyosdagi mikromuammolarga muvofiq keladi.
Dostları ilə paylaş: