Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   462
LUG\'AT

ANARXIZM 
(yun. 
anarchia
– hokimiyatsizlik, beboshliq) — ijtimoiy-siyosiy 
oqim. Rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday 
hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat to‗g‗risidagi ta‘limot. Yana bir 
ma‘nosida u antietatistik har qanday g‗oya, faoliyat, shu jum., ekstremizmni anglatadi. U 
davlat, huquq va konstitutsion boshqaruvning har qanday shakllaridan voz kechishga 
chaqiradi. Maqsadi – shaxsni hamma sohada hokimiyatning har qanday ta‘siridan ozod 
etish. Antik dunyo zamonidayoq A.ga xos fikr yuritish alomatlari bo‗lgan, qadimgi 
xristianlikda diniy shaklda, keyinchalik o‗rta a.lar mazhablarida ham uchraydi. Lekin 


17 
ilmiy nazariya sifatida A. keyin paydo bo‗lgan. XIX a.da G‗arbiy Yevropada 
shakllangan. Anarxizmning nazariy tizimini yozuvchi U.Godvin «Siyosiy adolat 
to‗g‗risidagi tadqiqot» asarida (1793) davlatsiz jamiyat konsepsiyasi orqali ilgari surgan. 
Nemis faylasufi K.Shmidt (Shtirner), fransuz olimi P.Prudon, rossiyalik M.Bakunin 
hamda P.Kropotkin, G.Erve, J.Gravlar uning nazariyotchilari hisoblanadi. A. ba‘zi 
o‗rinlarda liberalizm bilan chatishib ketadi, har qanday davlat hokimiyatini yo‗qotishni 
va ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining federatsiyasini tuzishni yoqlaydi. Anarxistik 
konsepsiyalar xilma-xil. Lekin ularning barchasi uchun umumiy g‗oyalar mavjud: 1) 
ijtimoiy adolatsizlikning asosiy sababi – davlat va uning siyosiy – huquqiy institutlari; 2) 
jamiyatni yuqoridan pastga tashkil etish; 3) davlat va huquq fuqarolik jamiyatiga mutlaqo 
qarama-qarshi institut sifatida tushunish; 4) shaxs erkinligining sharti sifatida 
hokimiyatning, huquqiy zo‗rlikning har qanday shakli yo‗q qilinishi. Bugungi kunda 
anarxizm mafkura-maydonida muhim o‗rin tutmaydi va, asosan, libertaristik, 
antiglobalistik va ekologik harakatlar bilan birikishga harakat qiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin