25
ARGUMENTATSIYA
(lot.
argumentation
– dalil-isbotlar
keltirish)
–
ishontirishning ratsional usuli, muayyan tezisni himoya qilib, batafsil asoslash va dalillar
keltirishga tayangan usuli. U ishontirishning eng kuchli usuli bo‗lib, haqiqiy dalillar
sifatida deduktiv xulosa xizmat qiladi. Aksariyat hollarda haqiqatga yaqin mulohazalar
argument (dalil) bo‗lib xizmat qiladilar.
ARISTOKRAT
— aristokratiyaga mansub shaxs; aslzodalarning qarashlariga amal
qiluvchi va o‗shalardek yashovchi kishi.
ARISTOKRATIYA
(yun.
aristokratia
– yaxshilar hokimiyati) — 1) iqtisodiy
hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. A. birinchi marta antik
davrning mashhur mutafakkirlari - Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini
idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keyingi ilk davlatlarda
eng imtiyozli tabaqa. U alohida huquq va imtiyozlardan foydalanadi, siyosiy ta‘sirga ega
bo‗ladi.
ARIZA
— huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda
yordam ko‗rsatish to‗g‗risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
Dostları ilə paylaş: