27
keltirildi, arab tili va islom tarixining bilimdonlari quvg‗in ostiga olindi. Toshkent
shahrida butun ittifoq Ilmiy ateizm institutining respublikalararo filiali ochilgani (1981-
yil) va, ayniqsa, O‗zbekiston KP MKning 16-plenumi (1984-yil) chaqirilganidan keyingi
paytni O‗zbekistonda A.ning quturgan yillari deb atash mumkin.
Zero shu yillari
mamlakatda dinga uzil-kesil barham berishga qaratilgan tadbirlar o‗tkazildi. Jum., diniy
bayramlar va marosimlar ta‘qiqlanadi; hatto sevimli xalq bayrami Navro‗zga ham
«diniy» tamg‗a urilib, uni yo‗qqa chiqarishga harakat qilindi. SSSR qulagach, «ilmiy
ateizm» umuman fan sifatida yo‗q bo‗ldi. Ilmiy-texnik jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda muayyan falsafaga (mas., neopozitivizm, ekzistensializm va h.k.)
asoslangan ateistik qarashlar hozir ham sezilarli o‗rin egallaydi. Ayniqsa XX a. 2-
yarmida Bertran Rassel va Jan-Pol Sartrlarning asarlari bu borada katta rol o‗ynadi.
AQSH va G‗arbiy Yevropa mamlakatlari aholisining 8-10% ateist hisoblanadi. Yer
yuzida turli dinlar va mayda diniy firqalar misli ko‗rilmagan darajada ko‗payib
ketgan
bugungi real voqelikda A.ning o‗ziga ham e‘tiqod sifatida qarash urf bo‗layapti.
Ko‗pgina xalqaro hujjatlarda, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida:
«Har bir inson fikr, vijdon, din va e‘tiqod erkinligi huquqiga egadir», deb yozilgan.
Zamonaviy
demokratik jamiyatlarda, shu jum., O‗zbekistonda fuqarolar uchun haqiqiy
vijdon erkinligi huquqi, ya‘ni har qanday dinni erkin tanlab olish yoki hech qanday dinga
e‘tiqod qilmaslik Konstitutsiya bilan kafolatlangan.
Dostları ilə paylaş: