MILLIY MAFKURA — hozirgi zamonning siyosiy mafkuralaridan biri. U kelib
chiqishiga, mazmun-mohiyatiga ko‗ra boshqa mafkuralardan qo‗yidagicha farq qiladi:
birinchidan , milliy mafkuralar dunyo mustamlakachilik tizimining yemirilishi, yosh
mustaqil milliy davlatlarning tashkil, topishi vakillarni qaramlik doirasidan chiqarish,
rivojlantirish zaruriyati bilan maydonga keldi. XIX a.ning oxiri XX a.ning boshlarida
G‗arbiy Yevropa milliy hayotning uyg‗onishini va milliy mafkuralarning gurkirab
rivojlanishini o‗z boshidan kechirgan edi. U hozirgi kunga kelib bu tendensiyalar sobiq
SSSR va b. sotsialistik mamlakatlar o‗rnida tashkil topgan respublikalarda yuz bermoqda.
Ikkinchidan , milliy mafkuralar faqat ayrim ijtimoiy, irqiy, etnik guruhning, xalqning
manfaatigina emas., balki mustaqillik uchun, milliy hayotni rivojlantirish uchun kurash
olib borayotgan xalqlarning dunyoda tutgan o‗rnini, turmush tarzini, orzu
– umidlarini,
intilishlarini, manfaatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan , milliy mafkuralar u yoki bu xalqlar
qaramligining obyektiv negizlarini, ularni bartaraf etish va xaqiqiy mustaqillikka erishish
yo‗llarini ochib beradi.
To„rtinchidan , milliy mafkuralar yosh, mustaqil davlatlar
xalqlarining o‗zligini anglashga, qaramlik doirasidan chiqishga, ularning chinakamiga
erkin bo‗lishiga, jahon hamjamiyatida munosib o‗rnini topishga yordam beradi. Albatta,
milliy mafkuralarning barchasi bir xil emas. Ularning ichida reaksion, soxta tabiatga ega
bo‗lgan, u yoki bu xalq uchun alohida sharoit yaratishga da‘vo qiladigan mafkuralar ham
uchrab turadi. Biroq, milliy mafkuralarning aksariyati xalqlarning haqiqiy orzu-
umidlarini, intilishlarini aks ettiradi. Ular yosh davlatlarning xalqlariga qaramlik
asoratlarini bartaraf etish va mustaqillikni mustahkamlash yo‗llarini ko‗rsatib g‗oyaviy
bayroq bo‗lib xizmat qiladi.