siyosiy tizim rivojlanishi, ustivor qadriyatlari, me'yorlari, maqsadlariga doir yakdil
bo‗lgan fuqarolar birligi.
MILLATCHILIK — millat ayirish; o‗z millatining haqhuquqlarini boshqa
millatlar haq-huquqidan yuqori qo‗yish, o‗z ehtiyojlari va manfaatlarini o‗ylab, boshqa
millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand
qilmaslik. M. milliy biqiqlik, millatparastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga
sababchi bo‗ladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. M.
va «tajovuzkor M.» tushunchalarini farqlash lozim. M. o‗z millatining manfaatlarini
yuqori qo‗yishga intilish orqali bir millatni bilib-bilmay ulug‗lab, bu bilan milliy
totuvlikka xavf tug‗dirsa, tajovuzkor M. jamiyatdagi hamjihatlikka ochiq-danochiq qarshi
chiqadi. M. ayrim soxta millatparvarlik g‗oyalariga tayanib, milliy o‗zligini anglash bilan
bog‗liq milliy til, milliy ruhiyat, milliy ong, milliy g‗urur, milliy-ma'naviy qadriyatlar va
shu kabilarni qurol qilib oladi. Aslida M.da milliy o‗zligini anglash yotdir. Chunki, milliy
o‗zligini anglash o‗z milliy xususiyatlari va o‗ziga xoslikni tan olish bilan birga boshqa
millatlarga xos barcha fazilatlar va qadriyatlarni ham e'tirof etish va ulardan
foydalanishni taqozo qiladi. M.ning siyosiy tusda namoyon bo‗lishi salbiy oqibatlar
keltirib chiqaradi, davlat va millatning xavfsizligigagina emas., ayni vaqtda mintaqaviy,
keng ko‗lamli xavfsizlikka tahdid soluvchi kuchga aylanadi. Tajovuzkor M. shovinizm,
buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, fashizm g‗oyalari bilan uzviy bog‗liqdir.
Demokratik jamiyatda bunday M. ko‗rinishlariga yo‗l qo‗yilmaydi.
MILLATLAR LIGASI — birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig‗idagi
davrlarda (1919-1939) faoliyat ko‗rsatgan xalqaro siyosiy tashkilot. M.l.ning ustaviga
muvofiq uning vazifasi xalqlar o‗rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va
xavfsizlikni ta'minlash edi. Amalda esa tashkilot Fransiya va Buyuk Britaniya kabi
imperialistik davlatlarning manfaatlari uchun xizmat qilgan. 1946-yilgacha faoliyat
ko‘rsatgan.