211
vakillik organi sifatida tashkil qilingan. Oliy vakillik organlari turli mamlakatlarda
turlicha ataladi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Belgiya va b.
davlatlarda P.; AQSH va Lotin Amerikasining aksariyat mamlakatlarida Kongress,
Rossiya Federatsiyasida – Federal Majlis, Turkiyada – Buyuk millat majlisi, Litva,
Latviya, Polshada – Seym va h.k. O‗zbekistonda esa Oliy Majlisdir. P. tuzilishiga ko‗ra
bir palatali va ikki palatali tizim shaklida bo‗ladi. Tarixda uch palatali P. ham bo‗lgan
(mas., JARda 1984-1994 yillarda). P.ni tashkil qilish tartibi, vakolat muddati, vakolat
doirasi turli mamlakatlarda turlicha bo‗lib, ular Konstitutsiya hamda qonunlarda belgilab
qo‗yiladi.
PARLAMENT
DAXLSIZLIGI
— parlament deputatlarining daxlsizligi. Unga
ko‗ra deputatning harakatlari uchun qamoqqa olish, sudga tortish man etiladi.
PARLAMENT FRAKSIYASI
— parlament yoki uning palatasida bir partiyaga
mansub deputatlar birlashmasi. Odatda Parlament fraksiyasi tarkibiga partiyaning
yetakchilari va ko‗zga ko‗ringan arboblari kiradi. Parlament fraksiyasi partiyaviy intizom
bilan bog‗langan bo‗ladi. Partiya fraksiyasiga maxsus organlar boshchilik qiladi. Alohida
muhim ovoz berishlardan oldin Parlament fraksiyalari kengashib oladi. Parlament
fraksiyalarini tashkil etish va ular faoliyati masalalarini parlament va uning palatalari
reglamentlari, shuningdek, konstitutsiyaviy odatlar boshqarib turadi. O‗zbekiston
Respublikasida 2002-yil 12-dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining Qonunchilik
palatasi to‗g‗risida ‖gi qonunining 23-moddasiga muvofiq, deputatlar fraksiyasi quyidagi
tartibda tuziladi: Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda
fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.
Fraksiya siyosiy partiyadan ko‗rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini
Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda
ro‗yxatdan o‗tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Qonunning 24-moddasiga muvofiq,
Qonunchilik palatasining kamida to‗qqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini
tuzish huquqiga ega. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari ro‗yxatdan o‗tishi kerak.
Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya va deputatlar guruhining rahbari yoki boshqa
vakili fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida palataga axborot beradi. Hozirgi
kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida to‘rta kraksiya va
bitta deputatlik guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: