Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   462
LUG\'AT

PARLAMENT INQIROZI 
— parlament qarorlari ko‗pchilik fuqarolar xohish-
irodasiga mos kelmay qolganligi sababli qonun chiqaruvchi hokimiyatdagi kuchlar 
nisbatining o‗zgarishidir. Parlament inqirozi undagi bir-biriga qarshi asosiy 
fraksiyalardagi kuchlarning o‗zaro tengligidan ham kelib chiqishi mumkin. Bunday 
vaziyat qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qarorlarni qabul qilishga halaqit beradi 
va parlament faoliyatini to‗xtatib qo‗yilishiga olib keladi. Shunday hollarda parlament 
tarqatilib yuboriladi va yangi saylovlar o‗tkaziladi. 
PARLAMENT KO„PCHILIGI
— siyosiy partiya yoki boshqa parlament 
deputatlariga nomzodlar ko‗tarish huquqi bor tashkilotlarning parlamentda ko‗pchilik 
o‗rnini olish. Parlament ko‗pchiligi agar partiya va boshqa deputatning nomzod 
ko‗rsatgan tashkilotlar deputatlik mandatlarining 50 % dan ortig‗iga ega bo‗lsa, mutlaq, 
agar partiya yoki boshqa tashkilotlar garchi mandatlarning yarmidan kamrog‗i bo‗lsada, 


212 
o‗zga partiya va boshqa tashkilotlarga qaraganda, alohida olganda, ko‗proq mandatga ega 
bo‗lsa, nisbiy bo‗lishi mumkin. 
PARLAMENT KOALITSIYASI
— odatda, parlamentda boshqa partiya, 
harakatlarga qaraganda ko‗proq deputatlik o‗rnini olgan (ammo barcha deputatlar sonini 
yarmidan ko‗pi bo‗lmagan qismini olgan, shu sababli bir partiyasi hukumat tuza 
olmaydigan) partiyaning koalitsion hukumat tuzish va parlamentning qo‗llab-
quvvatlashni ta‘minlash maqsadida boshqa biron-bir partiya, harakat bilan birlashuvi. 
PARLAMENT KOMISSIYALARI
— parlament tashkil qiladigan (palatalarning 
har birida yoki ikkala palata birgalikda – birlashgan parlament komissiyalari) yordamchi 
organlar. Qonunchilik Parlament komissiyalari muhim rolni o‗ynaydi, chunki parlament 
qabul qiladigan qonunlar loyihalari qaror va boshqa hujjatlar loyihalarining katta qismi 
ko‗rib chiqish uchun shu komissiyalarga beriladi. Parlament komissiyalari vakolat 
muddati, ixtiyordagi mavzu va huquq hajmiga ko‗ra doimiy (parlament vakolatining 
butun muddatiga tashkil etiladi), muvaqqat, ixtisoslashganlarga bo‗linadi. Ko‗pchilik 
davlatlar (AQSH, Fransiya, Italiya, GFR, Finlyandiya va boshqalar)da parlamentlar 
doimiy qonunchilik komissiyalarini tashkil qiladi, bunda qoidaga ko‗ra, bu Parlament 
komissiyalari ixtisoslashadi (iqtisodiy, moliyaviy, qishloq xo‗jaligi, harbiy va boshqalar). 
Muvaqqat komissiyalar (ko‗pincha ixtisoslashmagan) birorta aniq mas.,i ko‗rib chiqish 
uchun tashkil etiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin