Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   462
LUG\'AT

PATRIARXAL SIYOSIY MADANIYAT
— kishilarning mahalliy urf-odatlari, 
qadriyatlari zaminida qaror topadi va aniq bir boshliq-dohiy shaxsi bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Jamoa a‘zolari tub ma‘nodagi siyosatdan chetda turadilar. Ularning siyosiy qarashlari 
ijtimoiy, diniy tasavurlari bilan birgalikda namoyon bo‗ladi. 
PATRIARXAL-PATERNALISTIK
KONSEPSIYA 

 
Konfutsiy tomonidan 
davlatning rivojlantirish konsepsiyasi. Uning ta‘kidlashicha davlat – katta oiladir. 
Imperator hokimiyati go‗yo oila boshlig‗i – otaning hokimiyatidek adolatli va qo‗l 
ostidigilariga mehr - shafqatga asoslangan. Hukmdor va fuqarolar munosabati oila 
a‘zolarining munosabatini eslatadi: kichiklar kattalar qaramog‗ida va ularga itoat etadi. 
PATRIMONIAL
— lot. avloddan o‗tgan, urug‗ga tegishli. 
PATSIFIZM
(lot. 
pacificus 
– tinchlantirish) — urushga qarshi harakat bo‗lib, bu 
harakat qatnashchilari xarakteri va maqsadlaridan qat‘iy nazar, har qanday urushga qarshi 
chiqadilar. P. tarafdorlari odamning qurbon bo‗lishiga olib keladigan har qanday qurolli 
kurashni, shu jumladan adolatli ozodlik kurashlarini ham axloqiy qoralash pozitsiyasida 
turadilar. Ishontirish, e‘tiqod yordamida urushlarning oldini olish mumkinligiga
ishonadilar. 
PAUPERIZM
(lot. 
pauper
– kambag‗al, mulksiz) — jamiyatda ishsizlik
inflyasiya, kam daromad topish, mulkiy tengsizlik bilan bog‗liq bo‗lgan ommaviy 
qashshoqlik. Aholining kambag‗allashuvi, yashash uchun eng zarur narsalardan 
mahrumlik. 
PAYCHI 
(ingl. 
pay
- mayda tanga) — biror tashkilot, shirkat, kooperativ ulushiga 
ega bo‗lgan a‘zo. 
PEDANTIZM 
(fr. puxtalik, ishdagi sinchkovlik) — o‗rnatilgan tartib, qoida va 
instruksiyalarga rioya qilishni qattiq talab qilish, ikir-chikirlarga e‘tibor berish. 
PENSIYALAR 
(lot. 
pensio
– to‗lov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa sub‘ektlar 
tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umrbod to‗lanadigan 
to‗lovlar. Ijtimoiy ta‘minot shakli hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin