Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   462
LUG\'AT

PLYURALIZM 
(lot. 
pluralis 
– ko‗plik) — 1) borliqning bir necha (yoki ko‗plab) 
mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. 
Shu bilan birga, siyosatda manfaatlar, g‗oyalar, munosabatlar, qarashlarning ham xilma-
xilligini bildiradi. ―P.‖ terminini 1712-yilda nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan. 
P.ning aksi - monizm. G‗arb falsafasida juda ko‗p oqim bo‗lib, ular hozirgi falsafaning 
plyuralistik xarakteridan dalolat beradi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va b.); 
2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruhlar o‗z manfaatlarini o‗z 
vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va b. tashkilotlar) orqali ifodalash 
uchun tashkiliy tartib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega bo‗ladilar. Jamiyatni 
demokratiyalash jarayonida P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruhlarning turli-tuman 
manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fikrlar mavjudligini anglatadi. 
POCHTA 
(polyakcha 
poszta
) — 1) xat - xabar, gazeta - jurnal, jo‗natma, pul va 
h.k. qabul qilinib - jo‗natiladigan davlat aloqa muassasasi; 2) shu muassasa orqali 
yuborilgan yoki olingan narsa (xat, jo‗natma va b.).
PODSHOH
, podsho, shoh (qadimgi fors, 
pati
- hukmdor va shoh) — 1) Yaqin va 
O‗rta Sharqdagi ba‘zi mamlakatlar hukmdorlari. Dastlab Sosoniylar davlatida qo‗llanila 
boshlagan. 2) Rossiya hukmdorlarining samoderjavie ag‗darilgunga qadar o‗zbeklar 
orasidagi nomi (boshqa nomlari - chor, oq P.). 
POLEMOLOGIYA
— urushlar va qurolli mojarolarni o‗rganuvchi fan. 
POLIARXIK DEMOKRATIYA 
— 1953-yilda amerikalik olim R.Dal va 
G.Lindblom tomonidan kiritilgan va quyidagi olti demokratik institutga ega siyosiy 
tizim: mansabdor shaxslarning saylanishi; erkin, halol, muntazam saylovlar; qarashlarni 
erkin bayon etish; axborotning muqobil manbalariga ega bo‗lishi; ittifoqlar mustaqilligi 
va umumiy fuqarolik huquqlari. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin