Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


POLIARXIYA  (yun.  polyarhe – ko‗pchilik hokimiyati) — ko‗pchilik boshqaruvi.  POLIETNIK



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   462
LUG\'AT

POLIARXIYA 
(yun. 
polyarhe
– ko‗pchilik hokimiyati) — ko‗pchilik boshqaruvi. 
POLIETNIK
— ko‗p millatli. 
POLIGON 
(yun. 
polygonos
– ko‗p burchakli) — 1) harbiyda quruqlik yoki 
dengizning qurol - aslahalar va harbiy texnikani sinash, qo‗shinlar (flot kuchlari)ning 
jangovar tayyorgarligiga doir tadbirlarni va taktika borasidagi tadqiqotlarni o‗tkazish 


221 
uchun maxsus jihozlangan qismi; tajriba uchun va ko‗plab ishlab chiqariladigan jangovar 
qurollarni, harbiy texnikani sinash hamda qo‗shinlar (flot kuchlari)ni jalb qilgan holda 
tadbirlar o‗tkazish uchun mo‗ljallangan ilmiy tekshirish muassasasi. 
POLIS 
(yun. 
polis
, lot. 
civitas
) — shahar - davlat. Yunoniston va qadimgi Italiyada 
jamiyat va davlatni ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy tashkil etishning alohida shakli. P. 
davlat apparati to‗la huquqli erkak fuqarolarning xalq majlisi (apella, ekklesiya), kengash 
(gerusiya, areopag, bule, senat) va turli saylanuvchi mansabdor shaxslar (magistratlar)dan 
tashkil topgan. P.lar oligarxik (mas., Sparta) yoki demokratik (mas., Afina) bo‗lgan. 
P.dagi shahar aholisining bir qismi (meteklar, perieklar, har qanday huquqlardan mahrum 
bo‗lgan qullar) fuqarolar tarkibiga kiritilmagan va huquqsiz bo‗lgan. P. Yunonistonda 
mil. av. IV asrning boshida (eng rivojlangan davri mil. av. V asr), Rimda mil. av. III-I 
asrlarda (eng rivojlangan davri mil. av. V-III asrlar) inqirozga uchragan. 
POLITEIZM 
(poli... va yun. 
theos
– xudo), ko‗pxudolik — ko‗p xudolarga e‘tiqod 
qilish. Monoteizm (yakka xudolik)ning aksi. Qadimgi Misr, Yunoniston, Rimdagi dinlar 
P.ga asoslangan dinlardir. 
POLITIYA
— siyosiy xarakter kasb etuvchi hokimiyatni vakil etishga asoslangan 
jamiyat. Aristotelga binoan, barchaning manfaatlari uchun ko‗pchilikning boshqaruvi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin