227
PROGNOZLASH
(yun.
prognosis
– oldindan ko‗rish) — 1) bashorat qilish. 2)
biron ijtimoiy hodisani maxsus ilmiy tadqiq etish (mas., siyosiy P.)
PROGRESS
(lot.
progressus
– oldinga harakatlanish) — rivojlanishning quyidan
yuqoriga boradigan yo‗nalishi. Jamiyatning quyi darajasi va shakllaridan yuqori darajasi
va shakllariga qarab uzluksiz rivojlanishi, taraqqiyot. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi zaminida ro‗y beradigan ijtimoiy P. o‗z shakli va sur‘ati jihatidan turlicha
bo‗lgan ziddiyatli jarayonlardan iborat. P.ning teskarisi- regress.
PROKURATURA
(lot.
procurare
– g‗amxo‗rlik qilish) — ayrim mamlakatlarda
jinoiy ishlarni qo‗zg‗atish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya
qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab XIII-XIV
asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda P.ga barcha fuqarolar,
tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan
nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda P. sudning tarkibiy qismi
hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: