PREZIDENTLIK BOSHQARUVI — favqulodda holatlar joriy etilganda davlat
boshqaruvida qo‗llaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, asosan, federativ
tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas., AQSH, Hindiston)da qo‗llaniladi. Sub‘ektlar
federal konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson
huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar ro‗y berganda, federativ davlatning
yagonaligiga xavf solinganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va sh.k.da amalga oshiriladi.
P.b. davlat boshlig‗ining maxsus farmoni (dekreti) bilan e‘lon qilinadi. P.b. paytida
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolatlari to‗xtatiladi, ularning
vazifasini bajarish prezident tuzadigan organ yoki prezident tayinlagan mansabdor shaxs
zimmasiga yuklanadi.
PREZIDENTLIK RESPUBLIKASI — bunda davlatni xalq tomonidan
saylanadigan, juda keng vakolatlarga ega bo‗lgan prezident boshqaradi. U davlatning
ham, hukumatning ham boshlig‗idir. Mas., AQSH, Meksika va h.k. odatda prezident ayni
vaqtda hukumat boshlig‗i vazifasini ham bajaradi. Qonun chiqaruvchi organ parlament -
alohida saylovlar natijasida, prezident - alohida saylovlar natijasida shakllanib, bir -
birlaridan mustaqildirlar. Tarixan boshqaruvning bu shakli AQSH Konstitutsiyasi asosida
1787-yilda kiritilgan. O‗zbekiston davlat tuzumi – Respublika. Davlat boshlig‗i –
Prezident.
PREZIDIUM (lot.
praesidium - raislik qilish) — majlis, kengashni bamaslahat olib
borish uchun saylangan shaxslar guruhi, hay‘at; ayrim jamoat tashkilotlari, ilmiy
muassasalar va b.ning doimiy rahbar organi.
PRIMAT — lot. birinchilik, ustunlik, ahamiyati juda zo‗r, hukmron rol.
PRIMER-MINISTR (fr.
preimer – birinchi) — bosh vazir. Davlat boshlig‗i
tomonidan tayinlanadigan hukumat boshlig‗i. P.-m. parlamentda ko‗pchilikka ega
bo‗lgan partiya yoki partiya koalitsiyasining lideri, ko‗pchilikning parlament
fraksiyasining rahbari.