Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


PLEBISSIT  (lot.  plebiscitum – xalq qarori)



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   462
LUG\'AT

PLEBISSIT 
(lot. 
plebiscitum
– xalq qarori)
 
— umumxalq ovoz berishi shakllaridan 
biri; xalqaro amaliyotda bir davlat hududini boshqa davlatga berilayotganda aholidan 
fuqarolikni tanlash uchun so‗rov o‗tkaziladi. Ba‘zi mamlakatlarda (mas., Fransiyada) 
referendumning sinonimi. Rasmiy yuridik nuqtai nazardan P. o‗tkazish, unda qanday 
masala hal qilinayotganligidan qat‘i nazar, referendum o‗tkazishdan hech bir farq 
qilmaydi. 
PLENAR 
(lot. to‗la, umumiy) — biror tashkilot, kengash, qo‗mita va h.k. larning 
barcha a‘zolari ishtirokida o‗tadigan yig‗ilish. 
PLENUM 
(lot. 
plenum 
– to‗la) — biron partiya, jamoat, davlat tashkilotining 
saylab qo‗yiladigan rahbar organi a‘zolarining to‗la tarkibdagi majlisi. 
PLUTOKRATIYA 
(yun. 
plutokratia
– boylik, 
kratos
– kuch, hokimiyat) — boy 
yuqori sinf hukmron bo‗lgan rasmiy hukumat tizimi. Hokimiyat qonuniy hamda amalda 
boy bo‗lgan yuqori sinf qo‗lida jamlanadi.


220 
PLYURALISTIK DEMOKRATIYA 

 
liberal siyosiy tizimdan o‗sib chiqqan va 
uning asosiy tashkiliy tamoyillarini meros qilib olgan
 
demokratiya modeli. Bu 
tamoyillarga konstitutsionalizm, hokimiyatlar bo‗linishi, shuningdek, shaxsiy erkinliklar, 
inson huquqlari, ozchilik muxtoriyati kabi qadriyatlar kiradi. P.d. iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy, diniy, guruhiy, hududiy, v.h. manfaatlarning hamda ularni bayon etish 
shakllarining (siyosiy partiyalar, jamiyatlar, ittifoqlar, ijtimoiy harakatlar, fuqarolik
tashabbuslari) xilma-xilligiga asoslanadi. Plyuralistik demokratiyada siyosatning bosh 
harakatlantiruvchi kuchi shaxs yoki xalq emas., guruh ekanligi asoslanadi. Bu 
nazariyaning boshlang‗ich kamchiliklardan biri – voqelikni ideallashtirish, aholini 
guruhlarga mansubligi hissini, fuqarolarning manfaat guruhlarida ishtirokini oshirib 
yuborish. P.d. xilma-xil ijtimoiy guruhlarga o‗z manfaatlarini bayon etish va raqobatli 
kurashda ularning muvozanatini aks ettiruvchi kompromissli qarorlarni topishga imkon 
beruvchi boshqaruv shaklidir. Real hayotda, G‗arb mamlakatlarida, aholining uchdan bir 
qismidan ko‗p bo‗lmagan miqdori manfaat guruhlarida birlashgan. Shuning uchun ham 
plyuralistik model asosidagi demokratiya ko‗pchilik hokimiyati bo‗lolmaydi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin