Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   462
LUG\'AT

PARTIKULYAR 
(lot. 
particularis
– alohida)
 
— mahdud, norasmiy. Xususiy va 
tor guruhiy manfaatlar doirasida o‗ralashib qolish. 
PARTISIPATORLIK DEMOKRATIYASI 

 
xalq hokimiyati sifatidagi 
me‘yoriy idealga toliq mos kelishiga va uning zamonaviy davlat va jamiyat tuzilishiga 
moslashishiga da‘vogarlik qiladi. Unga ko‗ra boshqaruvda ko‗p odamlarning ishtirok 
etishi qarorlar qabul qilish uchun intellektual potensialni kengaytiradi, ularning eng 
ma‘qullarini tanlash ehtimolini oshiradi va demak, siyosiy tizim barqarorligi va 
boshqaruv samaradorligi ortadi. Bundan tashqari, fuqarolarning siyosiy jarayonda faol 
ishtiroki mansabdor shaxslar ustidan samarali nazoratni ta‘minlaydi, hokimiyatni 
suiste‘mol qilishning, deputatlarning xalqdan uzilib qolishini, amaldorlarning 
byurokratlashuvining oldini oladi, deb hisoblaydi. 
PARTISIPATSIYA
(ing. 
participation – 
ishtirok, hamishtirok, ishtirok etmoq) — 
fuqarolar tomonidan davlat va jamiyat ishlarini boshqarish jarayonida u yoki bu 
funksiyalarni bajarishini shart qilib qo‗yadigan demokratiyaning modeliga doir nisbat. 
PARTIYA 
(lot. 
partio
– bo‗laman, ajrataman, qism, bo‗lak) — g‗oyaviy jihatdan 
maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‗lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun 
ajratilgan kishilar guruhi. P. jamiyatda mavjud bo‗lgan ijtimoiy sinf, tabaqa, guruhlarning 
bir qismini, ularning eng ilg‗or faol qismini birlashtirgan hamda ularning manfaatlarini 
siyosiy vositalar yordamida himoya qilish uchun tuziladigan siyosiy tashkilot 
hisoblanadi. 
PARTIYAVIY TIZIM 
— mamlakatda mavjud partiyalar miqdori va belgilari 
asosida aniqlanuvchi tushuncha. Jamiyat ichida ijtimoiy faoliyatni shakllantiruvchi, 
tashkil etuvchi siyosiy institutlar majmuasidir. Siyosiy institutlar bir tomondan siyosiy 
partiyalar bilan davlat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar, boshqa tomondan – partiyalar 


217 
siyosiy tizimning ijtimoiy elementlari va fuqarolar o‗zaro munosabatlari ifodasi. P.t.i 
ma‘lum bir jamiyat yoki davlatlar tomonidan qabul qilinmagan. Mas., Butan, Ummon, 
Quvayt, Saudiya Arabistoni kabilar. Shu bilan birga bir partiyali yoki ko‗p partiyali 
tizimlar ham mavjud. Bir partiyaviy tizim (yagona va hukmron partiya boshqa partiyalar 
mavjudligiga yo‗l qo‗ymaydi yoki ularni qattiq nazorat etadi); ikki partiyaviy tizim 
(mukammal ikki partiyaviy tizim - umummilliy saylovlarda yetakchi ikki partiya 
raqobatlashuvi va birining g‗olib chiqishi, boshqa partiyalarga imkon qoldirmasligi bilan 
xarakterlanadi; ikki yarim partiyaviy tizim – ―uchinchi‖ partiya saylovchilarning 25% 
gacha ovozini olishga yo‗l qo‗yadi); ko‗p partiyaviy tizim (mukammal ko‗ppartiyaviy 
tizim - bir partiyaning uzoq muddatli saylovlarda g‗olib chiqib yakka tartibda yoki 
koalitsiyada hukumat tuzishi, muholif partiyalar mavjudligi; koalitsion ko‗p partiyaviy 
tizim - muholif partiyalarning hech biri yakka tartibda saylovda g‗olib chiqishining 
imkoniyati bo‗lmaganligi sababli kichik partiyalarning koalitsiyalarga birlashishi). 
PARTIYAVIYLIK
— siyosiy partiyaga manfublik. P. kishilarning xulq-atvori, 
tashkilotlar faoliyati prinsipi, siyosiy va g‗oyaviy kurash vositasidir.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin