STATIK (gr. turuvchi) — tinch yoki muvozanat holati.
STATISTIK USULLAR —
tadbiqiy matematik statistikaga oid usullar va
modellar birligi. Shartli ravishda ularni ikkiga bo‗linadi. Birinchi guruhga: terma
(tanlash) usuli, tavsiflovchi (ta‘riflovchi) statistika, bog‗liqlik va aloqalar tahlili, statistik
xulosalar baholar va mezonlar nazariyasi, tajribani rejalashtirish usullari kiradi. Ikkinchi
guruhga ko‗p o‗zgaruvchili usullar kiradi: darajalash; taksonomik tadbirlar; korrelyasion,
faktorli, sababiy tahlil va bir guruh statistik modellar.
STATISTIKA (lot. holat) — jamiyat rivojlanishini miqdor o‗zgarishlarida
o‗rganuvchi fan. Ushbu miqdor o‗zgarishlari ilmiy va amaliy maqsadlarda qayta
ishlanadi va tahlil qilinadi.
STATUS'>STATS-SEKRATAR (nem. davlat kotibi) — ayrim mamlakatlarni ba‘zi
vazirlarning, uning yordamchilarining yoki ayrim idora boshliqlarining rasmiy unvoni.
STATUS (lot.
status - holat, vaziyat) — 1) ijtimoiy tizimda shaxs yoki guruhning
boshqa shaxs yoki guruhga nisbatan tutgan o‗rni. Iqtisodiy, siyosiy mutaxassislik va
boshqa belgilarga ko‗ra aniqlanuvchi holat; 2) tashkilot yoki muassasa nizomi, maqomi;
3) davlat belgisi, atributi, ramzi va shu kabi holati. S – ma‘lum paytda bo‗lib turgan
vaziyat, holat shaxsning yuridik holat maqomi, davlat organi, jamoat va xalqaro
tashkilotni aniqlaydigan barcha qonunlar va majburiyatlar.
STATUS -
KVO — lot. ayni vaqtda mavjud holat. Uni tiklash, o‗zgartirishlar ro‗y
bergunga qadar mavjud bo‗lgan holatni tiklashni anglatadi. Siyosiy, huquqiy yoki boshqa
holatlarni saqlash.
STATUT (lot.
statuo – qaror qilaman) — 1) biron tashkilotning vakolati va tartibini
belgilab beruvchi ustav, qoidalar majmui; 2) ba‘zi mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSH
va b.)da qonun hujjatlarining nomlanishi.