285
TARAQQIYOT
— rivojlanishining
oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga
yo‗nalgan shakli, uning yuksalishi. Odatda rivojlanishning ikki muhim yo‗nalishi bo‗lib,
biri T. (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) deyiladi. T.ni
faqatgina jamiyatga qo‗llashning xatosi shundaki, jamiyatdan
tashqaridagi tizimlarda
ham yuksalish ro‗y beradi. u vujudga kelish, murakkablashish, ulg‗ayish,
yangilanish,
tiklanish, tizim yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. T. yaxlit jarayondir.
TARAQQIYOTNING “O„ZBEK MODELI”
— O‗zbekistonning mustaqil milliy
taraqqiyoti qanday bo‗lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga
yo‗naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo‗ljallar bilan davlatning belgilangan
maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligi. Mustaqil taraqqiyot
yo‗liga chiqqan O‗zbekiston
uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik
poydevorini barpo etish, mustaqillikning
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini
yaratish edi. Mamlakatimizda eski ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo‗lgan
hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan,
Sobiq Kommunistik
partiyaning yakka hokimligiga chek qo‗yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski
tizimi tugatildi. Taraqqiyotning ―O‗zbek modeli‖ jamiyatni isloh etish uchun quydagi
tamoyillarga asoslanadi: Iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi; Davlat - bosh islohotchi;
Qonunning ustuvorligi; Kuchli ijtimoiy siyosat; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‗tish.
Dostları ilə paylaş: