282
bo‗yicha tuman (shahar) sudlari; qarbiy sudlar; Qoraqalpog‗iston Respublikasi xo‗jalik
sudi; viloyat va Toshkent shahar xo‗jalik sudlari (O‗zbekiston Respublikasining ―Sudlar
to‗g‗risida‖gi qonunining 1-moddasi). O‗zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga
qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
SUIQASD
— keng ma‘noda - jinoyat sodir qilish bosqichlaridan biri; aybdorga
bog‗liq bo‗lmagan sabablar bilan oxiriga yetkazilmagan, qasddan qilingan harakat.
Aybdor o‗z maqsadini qanchalik amalga oshirganligiga qarab S. tugallangan va
tugallanmagan S.ga bo‗linadi. Jinoyat sodir etishga S. qilganlik uchun jinoiy javobgarlik
O‗zbekiston Respublikasi JK ning 25-moddasiga havola etilib, ushbu Kodeksning tamom
bo‗lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi. Tor
ma‘noda - biron kimsani yo‗q qilish, o‗ldirish uchun qilingan harakat tushuniladi (mas.,
podshohga S. qilish). Shuningdek, o‗z joniga S. qilish ma‘nosida ham keladi. S. islomda
qattiq qoralanadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga ko‗ra, ikki musulmon bir- biriga
qilich solsa, o‗lgan ham, o‗ldirgan ham qattiq gunohkor bo‗lishi, o‗ldirilgan odam S.
qilgani tufayli gunohda qotil bilan barobar bo‗lishi ta‘kidlangan.
SULH
— 1) kelishuv, totuvlik, tinchlik; 2) urush harakatlarini to‗xtatish uchun
tuzilgan bitim. Xalqaro shartnomalarning bir turi. Urushuvchi tomonlar o‗rtasidagi
yarashuv. Tomonlarning kelishuvi bilan butun front bo‗ylab (umumiy S.) yoki uning
ayrim qismida (mahalliy S.) harbiy harakatlar vaqtincha to‗xtatiladi. Umumiy S.dan
keyin, odatda, sulh shartnomasi tuziladi.
Dostları ilə paylaş: