Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   462
LUG\'AT


TABIIY HUQUQ
— davlat va huquq nazariyasida insonning tabiatidan kelib 
chiqadigan va shu tufayli muayyan davlatda ularning qonuniy tan olinishi yoki 
olinmasligiga bog‗liq bo‗lmaydigan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar yig‗indisini 
anglatuvchi tushuncha. T.h. g‗oyasi Yunoniston va qadimgi Rimda paydo bo‗lib, Suqrot, 
Aristotel, Sitseron va boshqa Rim yuristlarining nomlari bilan bog‗liqdir. 
TABU
— (polinez) 1) biror narsa, harakat, so‗z va boshqaga solinadigan diniy 
taqiq. Uni buzish go‗yo faloqatga olib kelishi mumkin; 2) taqiqlangan narsalar, savollar, 
fikrlar, so‗zlar va hokazo. 
TADBIQIY POLITOLOGIYA
— siyosiy fanning yo‗nalishlaridan biri. U 
bevosita siyosiy jarayonlarni o‗rganish, ular to‗g‗risida hukm yuritish va aniq xulosalar 
asosida tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi. T.p. bixevioristik yo‗nalish asosida 
Ikkinchi Jahon urushidan so‗ng vujudga keldi va u asosan siyosiy tahlilning empirik 
usullariga tayanadi. 
TAFAKKUR
—inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; ob‘ektiv voqelikning ongda 
aks etish jarayoni. 
TAHLIL TARKIBIY
— funksional. E.Dyurkgeym, V.Pareto va boshqalar 
tomonidan bayon etilgan yondashuv. U ikki qismdan iborat: 1) tarkibiy - turli tuzilmalar 
tahlilidan ular bajarayotgan funksiyalarni aniqlashga o‗tuvchi; 2) funksional - funksional 
talablarning muayyan birligidan kelib chiqib, bu funksiyalarni bajaruvchi muayyan 
tuzilmalarni aniqlashga o‗tadigan yondoshuvlar. Ularning barchasi uchun me‘yoriylik, 
ya‘ni ijtimoiy muhit va inson hulq-atvorining me‘yoriy ko‗rsatmalari va qadriyatlar bilan 
belgilanganligidan kelib chiqish xos. 
TAJRIBA
— voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. 
TAKFIR
— vahhobiylar (aqidapast va ekstremistik oqimlar vakillari) fikriga 
qo‗shilmaydigan hamma musilmonlarni dinsizlikda ayblash. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin