290
TIRANIYA
— zulmga, istibdodga asoslangan boshqaruv.
TITOIZM
— Yugaslaviya yetakchisi Iosif Broz Tito nomi bilan bog‗liq
kommunistik mafkura.
TIZIMLI
TRANSFORMATSIYA
(o‗zgarish) — kommunistik tizimni
demokratiya va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish maqsadida o‗zgartirish hisoblanadi.
Tizimli transformasiyaning demokratik tranzitdan muhim farqi shundaki, unda tizimda
mavjud ijtimoiy institutlar, tuzilmalar tubdan o‗zgaradi, qayta quriladi. Totalitarizmdan
demokratiyaga o‗tayotgan mamlakatlar siyosiy tizimlarida o‗zgarishlar jamiyatning faqat
siyosiy sohasida emas., qolgan barcha sohalarida ham kechadi. Shuning uchun bu yo‗lni
tanlagan mamlakatlar bir vaqtning o‗zida ikki murakkab vazifani bajarishlari lozim
bo‗ladi: birinchidan, totalitarizmning institusional, sotsial, ruhiy asoratlaridan qutulish;
ikkinchidan, jamiyatga mulkchilik munosabatlarini kiritib, ularni aks ettiruvchi yangicha
ijtimoiy tabaqalashuvni, avvavlo, ―o‗rta sinf‖ni shakllantirishi kerak.
TIZIMLI YONDOSHUV
— XX asrning 50-60-yillarida shakllandi. Uning
moxiyati - tarkibiy qismlarning o‗zaro aloqalari va o‗zaro ta‘sirini o‗rganishdan iborat. U
siyosatni o‗zaro bog‗liq elementlardan tarkib topgan yaxlit o‗z-o‗zini yangilay oluvchi,
moslashuvchi tizim sifatida qaraydi. Asoschisi – T.Parsons (1902-1979) va E.Shilz
(1911-yil). Ammo tizimli yondoshuv siyosatdagi ixtiloflarni, siyosiy madaniyatlarni,
yetakchilik, inqiroz va inqilob vaziyatlarini o‗rganishda deyarli qo‗llanmaydi.
Dostları ilə paylaş: