TEXNOLOGIK DETERMINIZM — ijtimoiy rivojlanishning asotsini ishlab
chiqarishning texnik va texnologik tuzilmalari o‗zgarishlariga bevosita bog‗laydi. Unga
ko‗ra texnik-texnologik har bir muhim o‗zgarish ijtimoiy tuzilmalarni va ular o‗rtasidagi
munosabatlarni o‗zgartiradi. Bu yondoshuv industrial, postindustrial, texnotron, axborot
jamiyatlari konsepsiyalari uchun xos. Ikki asosiy yo‗nalishi: 1) evdemonizm (yun. baxt)
ishi o‗z-o‗zidan barcha muammolarni hal qilishidan kelib chiqsa; 2) alarmizm (fr.
havotir) ishining salbiy oqibatlariga diqqatni qaratadi.
TEXNOLOGIYA (yun. mahorat, hunar) — aniq maqsadlarga erishish uchun
foydalaniladigan usullar, uslublar va vositalarning, xususan, ratsional tarzda uni
protseduralar
va
operatsiyalarga,
keyinchalik
ularni
muvofiqlashtirish
va
sinxronlashtirish va ularni bajarishning optimal uslublari va vositalarini tanlash bilan
ajratish asosidagi faoliyatni amalga oshirish usuli sifatidagi jamlanmasi.
TEZIS (yun.
thesis – qoida, isbot) — 1) keng ma‘noda – baxsda yoki biror
nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor ma'noda – asosiy fikr, prinsip; 2)
mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza. 3) muallif yoki notiq himoya qilishi
lozim bo‗lgan ehtimol, fikr.
TINCHLIK VA INSONIYATGA QARSHI JINOYATLAR — eng og‗ir xalqaro
jinoyatlar. Xalqaro harbiy tribunal ustavi kvalifikasiyasi bo‗yicha, agressiv urushni
rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko‗rish, bunday urushni ochish va olib borish yoki
xalqaro shartnomalar, bitimlar, ahdlashuvlarni buzgan holda urushda bironbir tarzda
qatnashish tinchlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1947-yil
3-noyabrdagi rezolyusiyasiga ko‗ra, urushni targ‗ib qilish ham shunday jinoyat
hisoblanadi. Xalqaro huquqqa ko‗ra, tinchlikka qarshi jinoyat uchun javobgarlikka tortish
muddatini qo‗llash mumkin emas (ya'ni, belgilangan vaqt o‗tgandan keyin ham jinoiy
javobgarlikdan ozod qilinmaydi).