Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə386/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   462
LUG\'AT

TRANSCHEGARAVIY DARYOLAR
— ma‘lum bir daryoning bir necha davlat 
hududdidan oqib o‗tishi va undan davlatlarning foydalanishi, egalik qilishi bilan bog‗liq 
tushuncha. BMTning ―Transchegariviy daryolardan foydalanish to‗g‗risida‖gi 
konvensiyasiga muvofiq, bunday daryolar tizimida joylashgan mamlakatlar o‗zaro 
kelishgan holda, oqilona foydalanishi maqsadga muvofiqdir. 
TRANSFORMATSIYA
(lot. 
transformation
– o‗zgarish, aylanish) — totalitar 
siyosiy tizimlarning demokratik siyosiy tizimlarga o‗zgarishi jarayoni. Siyosiy o‗zgarish 
yoki modernizatsiya jarayoni natijasida bir holatda ikkinchisiga o‗tish.Siyosiy 
tizimlarning yangi boshqaruv tabiatidagi tizimga o‗zgartirilishi, boshqaruv tizimiga 
yangicha demokratik ruhdagi unsurlarning kiritilishi. 
TRANSMILLIY KORPORATSIYA
(TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo‗lgan, 
operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o‗zi ro‗yxatga olingan chet 
mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya 
asosiy kapitalining sho‗ba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. 
TRANSNATSIONALIZM 
— siyosatshunoslikdagi maktablardan biri. Uning 
ijodkorlari (R.O.Kooxeyn, Dj.Nay, Dj.Rozenau) rivojlanish jaroyonining o‗zaro 
bog‗liqligi, xalqaro davlatlarning integrasiyalashuvi, bir-biri bilan yaqinlashishi
qo‗shilishi, kirishib ketish jaroyonlarini hozirgi tezlashib borayotgan bir paytda xalqaro 
munosabatlarda davlatlar bilan bir qatorda turli tashkilot, korxona, individlar sonini 
ko‗payib ketayotganligini qayd qilib o‗tadilar. 
TRANZIT 
(lot. o‗tish) — avtoritar siyosiy tizimlardan demokratiyaga o‗tish. 
Tranzit muqarrar ravishda demokratiyaga o‗tish bilan yakunlanishi shart emas. Bu ko‗p 
shaklli murakkab jarayon. Unda liberallashuv va demokratlashuv bosqichlari ajratiladi. 
TRANZITOLOGIYA
(lot. 
transitus
- o‗tish) — XX asrning 80-90 yillarida 
G‗arbda liberal demokratiya ta‘limoti negizida vujudga kelgan hamda alohida mamlakat 
yoki bir guruh davlatlarning avtoritar holatdan demokratiyaga o‗tishning (tranzit 
qilishini) nazoriy jihatdan asoslashga yo‗naltirilgan konsepsiya o‗tish davrlarini boshdan 
kechirayotgan jamiyatlardagi umumiy va xususiy, qonuniy va tasodifiy jihatlarini tadqiq 
qiladigan yaxlit ilmiy yo‗nalish.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin