292
vafotidan keyin ushbu nazariyani Ernest Mandel‘, Ted Grant
va Toni Klifflar davom
ettirdi.
TUMAN
(O‗zbekiston Respublikasida) — ma‘muriy-hududiy birlik. O‗rta
asrlardan ma‘lum. Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ma‘muriy-
hududiy bo‗linish; uyezd ma‘nolarida ishlatilgan. O‗zbekiston
sobiq Ittifoq tarkibiga
kirgan davrda T.larni ―rayon‖ deb atash rasm bo‗lgan. O‗zbek tili davlat tiliga aylanishi
munosabati bilan tarixiy ―T.‖ so‗zi qayta tiklandi.
TURAR JOY DAXLSIZLIGI
— fuqarolarning konstitutsiviy
shaxsiy huquq va
erkinliklaridan biri. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning turar
joyi daxlsizligini kafolatlaydi (27-modda).
TURKUMLASHUV
—
turli narsalar, hodisalar, holatlar o‗rtasidagi
umumiy va
farqli tomonlarni topish, ideal, umumlashtiruvchi model asosida ularni guruhlash.
Turkumlashuv natijasida ijtimoiy hodisalarning muayyan ideal tiplari aniqlanadi. T.ning
empirik va nazariy turlari farqlanadi: empirik T.da faqat
tajriba asosida olingan
ma‘lumotlar asosida barqaror belgi va sifatlar umumlashtiriladi va sistemalashadi.
Nazariy T.da kontseptual model yaratiladi va unda ob‘ekt o‗ziga xos tarkibiy darajalar va
omillardan iborat tizim sifatida o‗rganiladi.