U UAYTXOLL (ing.
witehall )
— Londondagi ko‗cha bo‗lib, unda bir nechta
hukumat idoralari joylashgan. Ko‗chma ma‘noda Uaytxoll deganda odatda Buyuk
Britaniya hukumati tushuniladi.
“UCHINCHI REYX” (nem. uchinchi imperiya, uchinchi podsholik) — fashistlar
Germaniyasiga natsistlar bergan nom. ―U.r.‖ termini uch podsholik haqidagi o‗rta asr
mistik ta‘limotiga asoslangan. ―Uchinchi‖ yoki «ming yillik» reyx (dastlabki ikki reyx
o‗rta asrlarda mavjud bo‗lgan «Muqaddas Rim imperiyasi» va 1871 – 1918-yillardagi
Germaniya imperiyasi hisoblangan) haqidagi afsonada fashizm ijtimoiy taraqqiyotning
«yakunlovchi», «oliy» bosqichi deb e‘lon qilingan.
UZURPATSIYA (lot. egallab olish) — hokimiyatni zo‗rlik bilan egallab olish va
qo‗lda tutib turish.
ULAMO (arab. bilimdon) — islom ilohiyotchilari va huquqshunos (fiqh)lari,
shuningdek, diniy muassasalarga, sud (qozilik) mahkamalariga, o‗quv yurtlariga
mutasaddi bo‗lgan barcha islom dini olimlari.
ULUS (mo‗g‗ulcha - davlat, xalq, odamlar) — 1) Mo‗g‗ullar davlati shakllanish
davri (XIII asr boshi)da muayyan bir no‗yota tobe bo‗lib, unga qarashli yerlarda
ko‗chmanchilik bilan hayot kechiruvchi katta-kichik oilalar guruhi; 2) Chingizxon tuzgan
ilk mo‗g‗ul davlati; 3) mo‗g‗ullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon
farzandlariga bo‗lib berilgan mulk (udel) lar (mas., Jo‗ji ulusi, Chig‗atoy ulusi va b.).
XIII asrning ikkinchi yarmida bu U.lar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina saltanat
hukmdori – ulug‗ qoonga bo‗ysunganlar. XV-XVII asr oxirlarida U. - Mo‗g‗ulistondagi
yirik yer mulki va musulmon adabiyotida Chingiziylar davlatlarining atalishi.
Mo‗g‗uliston manjurlar tomonidan bosib olingach, mamlakat aymoklar va xoshunlarga
ajratilgan. «U.» atamasi mulk ma‘nosida qo‗llanilmaydigan bo‗lgan va astasekin ―xalq‖
ma‘nosini anglata boshlagan. Hozirgi vaqtda ―U.‖ atamasi ―davlat‖ atamasining sinonimi
sifatida ishlatiladi; 4) buryatlar va qalmiqlar Rossiya tarkibiga kiritilgandan so‗ng ―U.‖
atamasi Oktabr to‗ntarishigacha feodal mulk, so‗ngra ma‘muriy birlik ma‘nosini saqlab
qolgan.
ULUSBEGI — ulus hokimi. XIII – XVIII asrlarda O‗rta Osiyoda U. o‗z ulusida
oddiy hukmdor nomidan ish yurgizgan. U. lavozimiga, odatda, xonning qarindosh
urug‗lari tayinlangan. U. oliy hukmdorning har xil topshiriqlarini bajargan, urush paytida
safarga hukmdor bilan birga otlangan.
ULTIMATUM (lot.
ultimus - eng oxirgi, so‗nggi) — diplomatik aloqalarni uzish
yoki boshqa choralar ko‗rish bilan ogohlantirib, bir davlatning ikkinchi davlatdan
ko‗rsatilgan muddatda qo‗yilgan shartlarni bajarilishini qat‘iy talab etishi. U. qo‗ygan
hukumat agar bu talab ko‗rsatilgan muddatda bajarilmasa muayyan choralar ko‗rishini
bildiradi. Mas., diplomatik munosabatlarning uzulishi, repressiya yoki harbiy
harakatlarning qo‗llanilishiga olib kelishi mumkin.
UMUMIY BOZOR — q. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati.