296
mumkin. Mas., ikki davlat o‗rtasida U. harakatlari to‗xtatilgandan keyin ular o‗zaro sulh
tuzishmasa, U. holati davom etaveradi. Biroq, endi ular o‗rtasida qurolli to‗qnashuvlar
yuz berishi shart emas. U.larni quyidagicha tasniflash mumkin: jahon U.lari; mahalliy U.,
fuqarolar Ui; milliy ozodlik U.lari. Jahon U.lari dunyoda yetakchilik da‘vosini qiladigan
davlatlarni qamrab oladigan katta harbiy kuchlarning qurolli to‗qnashuvidir. Mahalliy
U.lar, asosan, ikki yoki bir necha mamlakatlar o‗rtasida olib boriladigan U.lardir. Bunday
urushlarning kelib chiqishi ham tomonlarning olib boradigan siyosati va uning
natijalariga bog‗liq. Milliy ozodlik U.lari mamlakatni mustamlakachilik zulmidan ozod
bo‗lishi uchun olib borilgan. Tarixda U.lar dunyo siyosiy xaritasining qayta
shakllanishiga, chegaralarni qaytadan belgilanishiga sababchi bo‗lgan. U.lar tufayli ko‗p
davlatlar o‗zini saqlab qolmay, imperiyalarga qo‗shilib ketgan. U.lar ayrim davlatlarning
parchalanishi, bo‗linishiga olib kelib, ularni parokanda ahvolga solib qo‗ygan.
Dostları ilə paylaş: