303
valyuta mexanizmi,
valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini
o‗zgartirish maqsadlarini ko‗zlaydi
.
VALYUTA ZAXIRALARI
(ing.
reserve currency
– rus. valyutnыe rezervы) —
kutilmagan vaziyatlar holatiga, shuningdek,, foyda olish va valyuta
bozorlarini tartibga
solish hamda boshqarish uchun xalqaro hisob-kitoblar qilish uchun mo‗ljallangan valyuta
zaxiralari. Markaziy bankda va davlatning moliyaviy organlarida yoki xalqaro valyuta
kredit tashkilotlarida xorijiy valyutaning rasmiy zaxiralari.
VALYUTANING KONVERTABILLIGI
— valyutaning har qanday mamlakatda
to‗lov vositasi vazifasini bajara olish xususiyati. Hozirgi vaqtda dunyoning o‗ta
rivojlangan mamlakatlari (AQSH, Kanada, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi) to‗liq
konvertatsiya bo‗ladigan valyutaga ega.
VANDALIZM
(lot.
vandali
- qadimgi Sharqiy german qabilalaridan birining nomi)
— moddiy va madaniy boyliklarni o‗ylamay-netmay shafqatsizlarcha yo‗q qilib tashlash.
V. tushunchasi 455-yilda german qabilalari
Rimni talon-taroj qilib, ko‗plab antik
madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik,
madaniyatsizlik ma‘nolarida ham keng qo‗llanila boshlagan.
Dostları ilə paylaş: