VILOYATI FAQIH (ar. faqihning hukmronligi) — islom huquqshunosligi asosida
boshqariladigan davlat tuzumi. Ilk islomda bundam tushuncha oxir zamon
yakinlashganda amalga oshadigan eng adolatli ijtimoiy tuzumni anglatgan. Shialik bu
tushuncha ―yashiringan imom mahdiy‖ning kelishi va adolat o‗rnatishi haqidagi g‗oyaga
bog‗langan. 1979-yildagi Eron islom inqilobi natijasida bu g‗oyani amalga oshirish,
amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron
Islom Respublikasiga 1989-yilgacha rahbarlik qilgan oyatulloh al-uzmo Ruhallohal-
Musaviy al-Xumayniy ana shunday V.f. rahbari vazifasini bajardi, ya‘ni u davlatning
biror lavozimida bo‗lmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy hayotiga rahbarlik qildi.
Hozirgi kunda ham Eronda saylab qo‗yilgan prezident turmushning barcha sohalarida
diniy rahbar bilan bamaslahat faoliyat ko‗rsatadi.
VISHI HUKUMATI — Fransiyada 1940-yil iyul – 1944-yil avgustda mamlakatni
nemis qo‗shinlari okkupatsiya qilib turishgan davrda mavjud bulgan qo‗g‗irchoq
tuzumning nomi. A. F. Leten hukumati o‗rnashgan Vishi sh. nomidan olingan. 1944-yil
Fransiya ozod etilgach, qo‗g‗irchoq tuzum tugatilgan, ―V.h.‖ rahbarlari esa vatan xoinlari
sifatida sudga tortilganlar.
VITSE — o‗rinbosar; vitse qirol deyilganda qirol hokimiyati vakili tushuniladi.
VITSE-PREZIDENT — 1) ayrim davlatlarda (AQSH, Lotin Amerikasi
mamlakatlari va b.) davlat boshlig‗ining o‗rinbosari, qoida bo‗yicha, prezident bilan bir
vaqtda saylanadi. V.-p. odatda maxsus vakolatga ega bo‗lmaydi: u prezidentning
topshiriqlarini bajaradi, prezident lavozimdan chetlashtirilsa, vafot etsa, iste‘foga chiqsa
va h. k. hollarda prezidentning vakolatlari va vazifalari V.-p.ga o‗tadi; 2) Turli milliy va
xalqaro tashkilotlarda prezident o‗rinbosari; 3) Ba‘zi ilmiy muassasalar (akademiya,
ilmiy jamiyat va h. k.)da saylab qo‗yiladigan lavozim (mas., O‗zbekistan Fanlar
akademiyasining vitse-prezidenti).