310
davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g‗arazli maqsadlarda foydalanishga
yo‗l qo‗yilmaydi (5-modda).
VILOYAT
— 1) O‗zbekiston Respublikasi tarkibidagi hududiy tuzilma (hududiy-
davlat tuzilmasi). 2) Ma‘muriy-hududiy birlik. O‗rta asrlardan ma‘lum. Sharqning ayrim
mamlakatlari (Afg‗oniston, Turkiya va b.), shuningdek, O‗rta Osiyo xonliklari v.larga
bo‗lingan. 1924-yil sho‗rolar o‗tkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston
ASSR 6 ta v.
- Sirdaryo, Samarqand, Farg‗ona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv,
Amudaryo v.laridan tashkil topgan edi. 1925-yil 13-yanvardan ue‘zd deb yuritila
boshlandi. Keyinchalik ruscha ―oblast‖ nomi bilan qayta tashkil etildi. O‗zbek
tiliga
davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan tarixiy ma‘muriy-hududiy birlik nomi
sifatida ―v‖ so‗zi qayta tiklandi; 3) Avtonomiya turi. Ayni holda viloyat nomiga
―avtonom‖ so‗zi qo‗shiladi. Mas., Rossiya Federatsiyasida
yahudiylar avtonom viloyati
mavjud. Adabiyotlarda qo‗llaniladigan ―tarixiy viloyat‖ atamasi mamlakat hayotida bir
vaqtlar muhim o‗rin tutgan yoki davlatda alohida mavqega ega bo‗lgan (balki hozir ham
egallab turgan) mamlakatning tarixan shakllangan muayyan jug‗rofiy mintaqasini
anglatadi. Huquqiy ma‘noda avtonomiya, alohida ma‘muriy-hududiy birliklar, o‗zini o‗zi
boshqarish tushunchalarida aks etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: