307
(1939-1945) arafasida V. hisobida 3 mln.ga yaqin harbiy bo‗lgan, 1943-yil dekabrida esa
11 mln.ga yaqin harbiyni birlashtirgan.
VERSAL SULH SHARTNOMASI
— birinchi jahon urushi tugaganidan keyin
g‗olib davlatlar bilan Germaniya o‗rtasida Versal shahrida imzolangan sulh shartnomasi
(1919-yil 28-iyun). Unga binoan Germaniya ilgari bosib olgan anchagina hududlarni
bo‗shatib berdi. Fransiya - Elzas va Lotaringiya viloyatlarini, Polsha ilgari o‗ziga tegishli
bo‗lgan
ayrim hududlarni qaytarib oldi, Germaniya yangidan tashkil topgan
Chexoslavakiya, Avstriya, Polsha davlatlarining mustaqilligi va daxlsizligini tan oldi.
Germaniyaning 100 ming kishidan ortiq armiyaga ega bo‗lishi va majburiy harbiy xizmat
joriy etishi ta‘qiqlab qo‗yildi, u birinchi jahon urushining aybdori, deb topilib, zimmasiga
Antanta davlatlariga 132 mlrd. marka kontributsiya (tovon) to‗lash majburiyati yuklandi.
V.s.sh. Germaniya iqtisodiyoti ustidan g‗olib davlatlar nazoratini o‗rnatdi.
Gitler
hokimiyat tepasiga kelgach, V. s. sh.ni buza boshladi, unda ko‗rsatilgan
harbiy
majburiyatlarni bajarmasligini bildirdi (1935-yil 25-may). II jahon urushi boshlariga
kelib V.s.sh. butunlay ahamiyatsiz bo‗lib qoldi.
VERSIYA
(lot. ko‗rinishini o‗zgartirish) — dalil, farazlar;
voqeani bayon qilish
yoki tushuntirishning bir-biridan farq qiladigan turi.
Dostları ilə paylaş: