Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə412/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   462
LUG\'AT

XALQ HOKIMIYATI 

 
o‗z-o‗zini boshqaruvchi davlat. Unda har bir shaxsning 
erkinlik darajasi uning boshqaruvda to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bevosita ishtiroki bilan 
belgilanadi. Xalq o‗z hokimiyatini o‗zi saylaydigan yoki tuzadigan organlar orqali 
ro‗yobga chiqaradi. 
XALQARO ARBITRAJ
— xalqaro nizomlarni tinch yo‗l bilan xal qilishning eng 
qadimgi vositalaridan biri. 
XALQARO HARBIY TRIBUNAL 
— ikkinchi jahon urushi bosh harbiy 
jinoyatchilarining aybini ochish va jazolash bo‗yicha tuzilgan xalqaro sud organi. X.h.t. 
fashistlar Germaniyasi tomonida turib jang qilgan Yevropa mamlakatlarining asosiy 
harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun 1945-yil 8-avgustda AQSH, Buyuk Britaniya, 
SSSR va Fransiya davlatlari o‗rtasidagi London bitimiga muvofiq tuzilgan (q. Nyurnberg 
sud jarayoni). Uzoq Sharq uchun yapon bosh harbiy jinoyatchilari ustidan sud olib borish 
maqsadida X.h.t. 1946-yil 19-yanvarda ittifoqchi hukumatlar o‗rtasidagi muzokaralar 
natijasida tuzilgan (Tokio tribunali). BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasiga 


316 
muvofiq, 1993–1994 -yilda Ruanda va Yugaslaviya bo‗yicha xalqaro tribunallar tashkil 
etildi. 
XALQARO HUQUQ 
— xalqaro muloqotdagi davlatlararo va b. qatnashuvchilar 
(sub‘ektlar) o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsip va 
normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda X.h. ob‘ekta o‗z mazmun-
moxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrog‗i, 
davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. X.h.ning asosiy sub‘ektlari davlatlar hisoblanadi. 
Ularning o‗zaro kelishuvi bilan vujudga keladigan X.h. normalari davlatlarning 
kelishilgan irodasini ifoda etadi. X.h.ning o‗ziga xos xususiyati ana shundadir. Turli 
xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning 
hujjatlari X.h.ning normativ bazasi hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin