318
(MJ)dan iborat: H.Q.X. va Q.ya.O.h. har uch tuzilmasining faoliyat vakolatlari H.Q.X. va
Q.ya.O.h.ning Ustavi (1986) va Sevilya bitimi (1999) asosida belgilangan. Xalqaro Qizil
Xoch Qo‗mitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli to‗qnashuvlarda
jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy
mahbuslar, fuqaro aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va b. favqulodda
vaziyatlar oqibatida ajrashib qolgan hamda bedarak yo‗qolgan shaxslarni qidirish
vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatida insonparvarlik yordami ko‗rsatadi. Tinchlik
sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan (1917, 1944, 1963-yillar).
Qarorgohi Jeneva sh.da. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi
1919-yil tuzilgan insonparvarlik tashkiloti. Dunyoning 190 ga yaqin mamlakatlarning
Milliy jamiyatlarini birlashtiradi. Asosan, tabiiy ofatlarga tayyorlanish va ularga
munosabat bildirishda Milliy jamiyatlarga yordam berish, tabiiy ofatlar, texnikaviy va
sanoatdagi avariyalar, falokatlarda alohida xalqaro insonparvarlik yorsami ko‗rsatishga
oid amallarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, aholi salomatligi profilaktikasi, eng
muhtoj kishilarga qarash va ularga tibbiy ijtimoiy yordam ko‗rsatishni ta‘minlash, aholini
birinchi yordam ko‗rsatishga o‗qitish, ko‗ngillilikni rivojlantirish vazifasi bilan
shug‗ullanadi. O‗zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati 1925-yil tashkil etilgan bo‗lib, sobiq
SSSRning Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirar edi. 1992
y.da O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati
haqida‖gi farmoniga binoan mustaqil Milliy jamiyat maqomiga erishdi. 1995-yilda
Xalqaro Qizil Xoch Qo‗mitasi tomonidan e‘tirof etilib, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil
yarim oy jamiyatlari federatsiyasiga a‘zo bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: