XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK — xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
muhim ko‗rinishlaridan biri. Jahon xujaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining
chuqurlashib borishi bilan X.i.h.ning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib
boradi. Uning asosiy sub‘ektlari - davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. XX asrning 80-yillaridan e‘tiboran, X.i.h.
doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng ko‗lamda qamrab oldi, tashqi va xalqaro
savdo, kredit munosabatlari, valyuta va to‗lov - hisob kitob sohasi, migratsiya va kapital
chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit-
moliya institutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiy-
texnika va ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. X.i.h. uning
sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida ro‗yobga
chiqarishning eng maqbul yo‗li hisoblanadi. Jahon davlatlari o‗zlarining tub ichki
manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidan kelib
chiqqan holda X.i.h.ning muayyan yo‗nalishlarida faollik ko‗rsatadilar.
XALQARO JINOYAT POLITSIYASI TASHKILOTI (INTERPOL) — 1923
yil Vena shahri (Avstriya)da asos solingan. Hozirgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash
tarzida birinchi marta 1947-yil paydo bo‗lgan. 1949-yil BMT unga rasmiy ravishda
xalqaro hukumatga qarashli bo‗lmagan tashkilot maqomini berdi. ―I.‖ning amaldagi
ustavi 1956-yil 13-iyunda kuchga kirdi. ―I.‖ jinoyatchilarni ro‗yxatga olish xalqaro
markazi sifatida ish ko‗radi, shuningdek, jinoyatchilarni (jinoyatlarda gumon
qilinuvchilarni; bedarak yo‗qolganlarni; o‗g‗irlangan boyliklarni) xalqaro miqyosda
qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 190 davlat (2014-yil), shu jumladan, O‗zbekiston
Respublikasi ―I.‖ning a‘zosidir (1994-yildan). O‗z.R. Ichki ishlar vazirligi tarkibida
―I.‖ning O‗zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. ―I.‖ning oliy
organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qo‗mita,
unga ―I.‖ prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi.
―I.‖ 1946-yildan ―Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi ma‘lumoti‖ jurnalini nashr
etadi. ―I.‖ning doimiy qarorgohi Fransiyada joylashgan.