Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə421/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   462
LUG\'AT

XALQARO XAVFSIZLIK TIZIMI
— xalqaro huquq me‘yorlari va uning 
asosida tashkil qilingan organ, kuch va mexanizmlar orqali ikkita yoki undan oshiq 
mamlakatlarning xavfsizligini ta‘minlash yaxlitligi. 
XAOS 
(yun. 
chaos
tartibsizlik, mavhumlik) — yunon mifologiyasida azaliy 
cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud bo‗lgan. X. - koinot manbai, u Geya 
(yer), Erot (sevgi), Ereb (qorong‗ulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, ulardan esa go‗yo 
yerda yashovchi barcha narsa paydo bo‗lar emish. Ko‗chma ma‘noda - boshdanoyoq 
tartibsizlik, chigallik. 
XARIZMA 
(yun. 
charisma
- ilohiy qobiliyat) — biror shaxsning boshqalarga 
nisbatan alohida xususiyatlarga egaligi (donoligi, qahramonligi, avliyoligi) va shu 
xususiyat yordamida xalqni boshqarishga haqli ekanligini ifodalaydigan tushuncha. X. 
tushunchasini ilk bor italiyalik ruhoniy S.Paul mo‗jizaviy qobiliyatga ega bo‗lgan Iso 
payg‗ambarga nisbatan ishlatgan. Ammo X.ni ilmiy tushuncha sifatida M.Veber chuqur 
tadqiq qilib, uni ―xudo bergan ne‘mat‖ deb nomlagan. Qadimgi davrlarda faqat ilohiy 
mazmunga ega bo‗lgan tushuncha vaqt o‗tishi bilan olimlar tomonidan real hayotga 
tadbiq etila borib, ilohiy qobiliyatga ega bo‗lmagan, ammo alohida xususiyatlarga
yuksak fazilatlarga ega bo‗lgan yetakchi tarixiy shaxslarga nisbatan ham ishlatila 
boshlangan. 
XARIZMATIK LEGITIMLIK 

 
yetakchi
 
shaxsigagina ishonch, sadoqat tufayli 
uning hokimiyatini tan olishdan iborat. M.Veberning o‗zi bu holda - tarixiy vaziyat 
taqozosi bilan yangi sulola, tartib o‗rnatishi lozim bo‗lgan g‗olib - yetakchini nazarda 
tutgan. Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington, Fransiya prezidenti - general 
Sharl de Goll, mamlakatimiz prezidenti – Islom Karimov - xarizmatik yetakchilardir. 
XARIZMATIK YETAKCHILIK 

 
M.Veberning ―Siyosat - ham mayl, ham kasb 
sifatida‖ maqolasida bergan ligetim hukumronlikning uch ko‗rinishidan biri. Hukumdor – 
yetakchining ilohiy qudratiga xalqning cheksiz ishonchiga asoslanadi. M.Veber X.ye.ni 
inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim xarakatlantiruvchi kuchi 
sifatida qaraydi, chunki, xarizmatik dohiy obro‗-e‘tibori o‗tmish bilan bog‗liq 
bo‗lmasdan, u ommani ijtimoiy yangilanish vazifalarini echishga safarbar etishga 
qodirdir. Xarizmatik hukmronlik, M.Veberga ko‗ra, yetakchiga xos alohida sifatlarga 
asoslanadi. Uni payg‗ambar, ulkan tarxiy shaxs, deb hisoblashadi. Yetakchi va omma 
munosabatlari hissiy darajada, to‗liq o‗zligidan kechish, ko‗r-ko‗rona ishonch asosiga 
quriladi. 
XARTIYA 
(yun. 
chartes
- qog‗oz, yorliq) — 1) o‗rta asrlardagi (shaharlar va 
kommunalar X.si, Erkinlikning buyuk X.si va b.) va yangi zamondagi (Buyuk 
Britaniyada 1838-yilgi Xalq X.si, konstitutsion X. va b.) ommaviy huquqiy va siyosiy 
tusdagi hujjat. Xalqaro huquqda odatda deklaratsiya so‗zining sinonimi sifatida qo‗llanib, 
majburiy kuchga ega bo‗lmaydi, xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadini 
ifodalaydi (mas., Yangi Yevropaning Parij X.si); 2) eski qo‗lyozma. 
XARTLEND 
— ingl. geosiyosatda ―markaziy yer‖, kurrai zaminning bosh, asosiy 
qit‘asi tushunchasi. Unga egalik qilish – dunyoga egalik qilish imkonini beradi. 


323 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin