Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə429/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   462
LUG\'AT

YADROVIY KUCHLAR
— qurollanishda yadro kuchlariga ega bo‗lgan harbiy 
shakllanishning (qo‗shinlar, qismlar, birlashmalar) nomi. Qo‗llanishda strategik tezkor-
taktik va taktikka bo‗linadi. 
YADROVIY TERRORIZM
— yadroviy portlovchi qurilmalarni portlatish yoki 
portlatish tahdidi, radioaktiv materiallar bilan zaharlash, yadroviy obyektlarni bosib 
olishni ifoda etadi. Hozir dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin yadroviy sanoat 
obyektlari, yuzlab yadro reaktorlari, o‗ng minglab yadroviy qurilmalar mavjud. Ular 
e‘tiborga olinsa, terrorizmning bu ko‗rinishi insoniyatga nisbatan qanchalik katta 
tahdidga aylanganini tasavvur qilish mumkin.
YAGONA IQTISODIY MAKON
— tashkil etish haqida imzolangan shartnoma 
Markaziy Osiyo integratsiyasi yo‗lidagi ilk qadam bo‗lgan edi. Hozirgacha o‗zaro 
hamkorlik haqida 150 dan ortiq hujjat imzolandi. Endilikda Davlatlararo kengash ishlab 
turibdi, Hamdo‗stlik dasturlarini ro‗yobga chiqarish bo‗yicha ijroiya qo‗mita, Markaziy 
Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. Mazkur integratsiya xalqimizning 
manfaatlariga to‗la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga 
yordam beradi. Hozirgi kunda ya.i.m.ga O‗zbekiston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston va 
Tojikiston davlatlari a‘zo. 
YAKKABOSHCHILIK 
— boshqaruv prinsipi; biron-bir organ, muassasa, korxona 
rahbariga o‗z funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo‗lgan keng vakolatlar berilishini, 
shuningdek, natijalari uchun unga shaxsiy javobgarlik yuklanishini anglatadi. Davlat 
organlari, muassasalar va korxonalar ishidagi Ya. muayyan organ faoliyatining muhim 
masalalari muhokama qilinayotganda kollegiallik bilan keng miqyosda uyg‗unlashtirib 
amalga oshiriladi. 
YAKOBINCHILAR 

 
XVIII asrning oxiridagi buyuk fransuz inqilobi davrida 
o‗rta va mayda burjuaziya siyosiy partiyasi.Ya. xalq ommasining qo‗llab-quvvatlanishiga 


329 
tayanib, monarxiyaga va feodal negizlarga keskin qarshi chiqdi. Jumladan, qirolni darhol 
sud va qatl qilishni, Respublika e‘lon qilinishini, feodal qaramlikni butunlay tugatishni va 
chet ellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borishni talab etdilar. 1792-yilda 
Fransiya respublika deb e‘lon qilindi, qirol qatl etildi. Feodal-tabaqaviy tengsizlik bekor 
qilindi. 1794-yilda Milliy Konvent tomonidan Ya. diktaturasiga barham berildi. Ularning 
yo‗lboshchilari – M.Robesper, J.P.Marat, J.Danton, Eber va Shommet va b.lar qatl etildi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin