Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə425/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   462
LUG\'AT

XUFYONA IQTISODIYOT
— jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan 
taqsimot, ayriboshlash tovar-material boyliklarning iste‘mol va xizmat ko‗rsatish 
sohalari. Davlat boshqaruv organlari va jamoatchilikdan yashiriladigan alohida fuqarolar, 
ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi mulkchilikning mavjud shakllaridan g‗arazli ravishda o‗z 
manfaati uchun shaxsiy yoki guruhlar manfaati uchun foydalaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar (o‗g‗irliklar, g‗arazli mansabdorlik va xo‗jalik jinoyatlari, narkobiznes
qimor o‗yinlar, fohishabozlik, bosqinchilik, qaroqchilik, shaxsiy mulkni o‗marish, reket; 
amaldagi ro‗yxatga olish tizimida va hisobotda real voqealik sifatida o‗z ifodasini topgan 
faktik natijalar, iqtisodiy sub‘ektlar o‗rtasidagi shaxsiy munosabatlarda va ular 
o‗rtasidagi bevosita aloqalarda va hokazolardagi ma‘lum bir asosga ega bo‗lgan
nofarmal o‗zaro harakatlar).
XUNTA 
(ispancha 
junta
- yig‗ilish, birlashma, majlis) — 1) hokimiyatni noqonuniy 
qo‗lga kiritgan va diktatorlik usullari bilan boshqarayotgan fitnachilar guruhi; 2) ba‘zi bir 
Lotin Amerikasi mamlakatlarida ijroiya hokimiyat organi; 3) Ispaniya, Italiya va Lotin 
Amerikasi mamlakatlarida davlat to‗ntarishi yoki boshqa nokonstitutsion yo‗l bilan 
hokimiyat tepasiga kelgan harbiy (aralash) guruhlar nomi. Mas., Lotin Amerikasidagi 
Chilida harbiy to‗ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Avgusto Pinochetning 
harbiy hukumati (1973-1989), Gretsiyadagi ―qora polkovniklar‖ diktaturasi (1967-1975). 
XUSUSIY KLUBLAR
— jamiyat siyosiy tizimida muhim ijtimoiy va siyosiy 
funksiyalarni ado etadigan guruhlar turi. Ular o‗z qatorlarida yetakchi tadbirkorlarni, 
bankirlarni, 
taniqli 
siyosiy 
arboblarni, obro‗li 
jurnalistlarni va 
boshqalarni 
birlashtiradilar. O‗zining xarakteriga ko‗ra yopiq hisoblangan, tanlangan va cheklangan 
a‘zolarga ega bo‗lgan xususiy klublar jamiyatning yuqori, boy tabaqalarini 
jipslashtirishga, ularning ijtimoiy - siyosiy qarashlari va tasavvurlarini shakllantirishga
ularning elitaga xos bo‗lgan hissiyotlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga, ular uchun 
muhim bo‗lgan siyosiy va boshqa qarorlarni birgalikda muhokama etishga qaratilgandir. 
Ularni chinakamiga ―siyosiy hokimiyatning yopiq markazlari‖, o‗zining nooshkora 
faoliyati bilan siyosiy hukmronlikni ta‘minlash uchun shart - sharoit yaratadigan noyob 
muassasalar deb ataydilar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin