XUSUSIY MULK
—
ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari va h.k.ga
egalik qilish, ularni o‗zlashtirish shakli. Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish
326
va uni tasarruf etish (sotish, ijara berish v.h.) mumkin. Alohida fuqaro yoki oila, yuridik
shaxsning yer hovlisiga qurilishlar bilan uy-joy, maishiy xizmat ko‗rsatish, savdo va
boshqa tadbirkorlik faoliyatida binoning, imoratlar hamda pul vositalari, aksiyalar,
obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‗ozlar mulki. Xususiy mulk asosiy o‗rinni
egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo‗q qilinmaguncha baribir iqtisodiy
taraqqiyotning ob‘ektivligi nisbatan sun‘iylikning ustunligi mavjud bo‗laveradi.
XUSUSIY SEKTOR
— iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo‗jalik yuritishning
erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor iqtisodiyoti
davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O‗z navbatida, nodavlat sektori xususiy va jamoa
sektorlariga bo‗linadi. X.s. nodavlat sektorining bosh bo‗g‗ini. X.s.dagi moddiy va
moliyaviy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlar xususiy mulk hisoblanadi. Bu
sektor xususiy korxonalar, firmalar, moliya kompaniyalari, xo‗jaliklar, banklar,
jamg‗armalardan iborat va iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida amal qiladi. X.s.ning
iqtisodiyotdagi o‗rni 3 ko‗rsatkich bilan baholanadi: 1) asosiy kapitaldagi hissa; 2)
ishlovchilar sonidagi hissa; 3) yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi hissa. Bular orasida
X.s.ning YAIMdagi hissasi asosiy, unga qarab X.s.ning iqtisodiyotdagi mavqei
aniqlanadi.
XUSUSIYLASHTIRISH
— davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy
sub‘ektlarga o‗tishi jarayoni, xilma-xil mulkchilikni shakllantirish, iqtisodiyotni
davlatlashtirishdan qaytish yo‗llaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish X.dan
tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham
nazarda tutadi.
|