XAVFSIZLIK —
1) o‗ziga nisbatan tajovuzlarga qarshi chiqish, xavf-xatar va
do‗q-po‗pisalardan himoyalanganlik holati; 2) ob‘ekt mavjudligining barqarorlik holati
va unda tinchlikni ta‘minlashga bo‗lgan harakatlar majmui; 3) xavf omillarini keltirib
chiqaruvchi har qanday harakatlar uchun sarf bo‗ladigan harajatlarni chegaralash bilan
bog‗liq bo‗lgan tushunchalar. To‗rt asosiy turi ajratiladi: xalqaro; jamiyat; davlat; shaxs
xavfsizligi. Ushbu kategoriya davlatlar, harbiy-siyosiy guruhlar o‗rtasidagi munosabatlar
ahvoliga taaluqli rasmiy qarorlarga asosan sharxlanadi. Hozirgi kunda u xalqaro
vaziyatni sog‗lomlashtirish, ommaviy qirg‗in qurollari va qurolli kuchlar miqdorini
qisqartirish yoki yo‗qotishga qaratilgan. Bunda tenglik, barobar xavfsizlik, uchinchi
davlatlarga ziyon etkazmaslik aqidalarga amal qilinadi, xalqaro munosabatlarda kuch
ishlatishga nisbatan siyosiy vositalar ustivorligiga amal qilinadi, davlatlararo
munosabatlar beqarorligiga yo‗l qo‗yilmaydi. ―X‖ tushunchasi ―Milliy manfaatlar‖
kategoriyasi bilan chambarchas bog‗langan. Shu bilan birga xavfsizlik milliy
manfaatlardan kelib chiqadi. Milliy suverenitet, davlatning hududiy yaxlitligi, aholisini
muhofaza qilish kabilar shunday manfaatlarki, ularga erishish uchun murosaga borishdan
ko‗ra urushga rozi bo‗ladi. Boshqacha aytganda milliy xavfsizlik bu davlat va millatning
hayotiy muhim manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan strategiya. Muammoga klassik,
realistik yondashuv shuni taqozo etadi.
XAVFSIZLIK KENGASHI — BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi;
BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun
asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik
Kengashining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V-VII boblar)da aniq, ko‗rsatilgan va
davlatlar o‗rtasidagi nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish sohasida keng vakolatlar berilgan.
U xalqaro to‗qnashuvlarni yoxud nizolarni keltirib chiqarishi ehtimoli tutilgan har qanday
nizo yoki holatni tekshirish vakolatiga, tinchlikka har qanday taxdid va uni har qanday
buzish yoki agressiya hollarini aniqlash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab
qolish yoxud tiklash yuzasidan tegishli tadbirlarni belgilash hamda tavsiyalar berish
huquqiga egadir. BMTga a‘zo 15 davlat: 5 doimiy va 10 muvaqqat a‘zodan iborat. BMT
Ustavi 23-moddasiga ko‗ra, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya BMT
Xavfsizligi Kengashi doimiy a‘zolaridir. Muvaqqat a‘zolar esa Bosh Assambleya
tomonidan ikki yillik muddatga saylanadi, uning har bir sessiyasida 5 muvaqqat a‘zo
qayta saylanishi shart. Muvaqqat a‘zolar o‗rni kuyidagicha taqsimlanadi: Osiyo va Afrika
davlatlaridan-5 a‘zo, Sharqiy Yevropa davlatlaridan - 1 a‘zo, Lotin Amerikasi
davlatlaridan - 2 a‘zo, G‗arbiy Yevropa va boshqa davlatlar (Kanada, Avstraliya, Yangi
Zelandiya)dan - 2 a‘zo. BMT Xavfsizlik Kengashiga a‘zo har bir davlat unda bir vakilga
ega bo‗ladi. BMT Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlaydi, uning majlislari orasidagi
tanaffuslar 2 haftadan oshmasligi shart. Mazkur majlislarda davlatlar vakili ingliz tilidagi
rasmiy nomi bo‗yicha alifbo tartibida bir oy mobaynida navbatmanavbat raislik qiladi.
BMT Xavfsizlik Kengashi majlislari ochiq bo‗ladi; uzrli sabablarga binoan majlis yopiq
deb e‘lon qilingan hollar bundan mustasno.