321
devalvatsiyalarining oldini olish; ko‗p tomonlama to‗lovlar tizimini yaratishda va jahon
savdosini rivojiga to‗siq qo‗yadigan valyuta almashtirish bilan bog‗liq cheklashlarni
bartaraf etishda yordam ko‗rsatish; a‘zo mamlakatlarga o‗z to‗lov
balanslarini tiklash,
shuningdek, ularning xalqaro to‗lov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini
qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablag‗lar berish. XVF jahon valyutalari
monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar o‗rtasida tashkiliy to‗lov tizimi faoliyatiga
yordam beradi, to‗lov balansida
chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, o‗z
valyutasining to‗liq konvertatsiyasiga erishmoqchi bo‗lgan mamlakatlarga qarz beradi.
XVF kapitali a‘zo mamlakatlar to‗laydigan va ularning har biri uchun belgilangan
kvotaga muvofiq badallar hisobidan tashkil topadi.
XVFning rahbar organlari -
Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qo‗mita. Boshqaruvchilar kengashi - oliy organ
bo‗lib, har bir a‘zo mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va
ularning o‗rinbosarlari (odatda, a‘zo mamlakatlar moliya vazirlari
yoki Markaziy banki
boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yig‗iladi. Muvaqqat
qo‗mita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat bo‗lib, bir yilda ikki marta yig‗iladi va
Boshqaruvchilar kengashi oldida hisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya
kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega bo‗lgan
mamlakatlar tomonidan
tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya
kengash majlislari har haftada uch marta o‗tkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorni
saylaydi. 1992-yil 27-aprelda O‗zbekiston XVF a‘zoligiga
qabul qilindi va Toshkent
shahrida uning vakolatxonasi ochildi.
Dostları ilə paylaş: