Y YADRO QUROLI — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat bo‗lgan qurol.
Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga
bo‗linishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir bo‗lishi vaqtida
ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni
nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya to‗pi) va bombaning
nishonga aniq borib tushishini ta‘minlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat.
YADRO QUROLI SINOVLARINI TAQIQLASH TO„GRISIDAGI SHARTNOMA — ko‗p tomonlama xalqaro shartnoma. 1963-yil 5-avgustda AQSH,
Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan Moskvada imzolangan. 117 davlat shartnomaga
qo‗shilgan (1990). Mazkur shartnoma havoda, undan tashqarida (shu jumladan, kosmik
fazoda), suv ostida (shu jumladan, hududiy suvlar va ochiq dengizda) har qanday yadro
portlatishlarini man etadi, shuningdek, agar bunday portlatish uni amalga oshirayotgan
davlatning o‗z vakolati va nazorati ostidagi hududiy chegaralardan tashqarida radioaktiv
yog‗inga sabab bo‗lsa, har qanday boshqa muhitda ham yadro portlatishini taqiq etadi.
YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TO„G„RISIDAGI SHARTNOMA —
xalqaro shartnoma. 1968-yil 1-iyulda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va boshqalar
davlatlar tomonidan imzolangan. Yadro quroliga ega davlatlarga yadro qurolini va uning
ustidan nazorat qilishni hech kimga bermaslik, yadro quroliga ega bo‗lmagan biron bir
davlatga uni ishlab chiqarish yoki uni qo‗lga kiritishda yordam bermaslik majburiyatini
yuklaydi. Yadrosiz davlatlar yadro qurolini qabul qilmasliklari, shuningdek, uning
ustidan nazorat o‗rnatmasliklari, yadro qurolini ishlab chiqarmaslik va biron boshqacha
yo‗l bilan qo‗lga kiritmaslik va shu maqsadda hech kimdan yordam olmaslik,
shuningdek, o‗zlarining barcha yadroviy faoliyati ustidan nazorat o‗rnatishni nazarda
tutuvchi kafolatlar to‗g‗risida MAGATE bilan bitim tuzishga majburdirlar. Shartnoma
hech bir davlatning tinch maqsadlarda yadro quroli ustida tadqiqotlar olib borishi, uni
ishlab chiqarish va foydalanishiga to‗sqinlik qilmaydi. 1995-yil 11-aprelda yadro
quroliga ega 5 davlat BMT Xavfsizlik Kengashining 984-rezolyusiyasiga muvofiq, yadro
qurolini shartnomaga imzo chekkan davlatlarga qarshi qo‗llamaslik majburiyatini oldi va
1995-yil 11-mayda shartnoma 178 mamlakat tomonidan cheklanmagan muddatga
uzaytirildi.