Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə430/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   462
LUG\'AT

YALPI ICHKI MAHSULOT 
— mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr 
(oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko‗rsatkich. Mamlakat 
hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo‗shma korxonalari ham shu hisobga 
kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va 
xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo‗lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi 
asosida hisoblab chiqiladi. 
YALPI MILLIY MAHSULOT 
— mamlakatning ma‘lum muddat (odatda, oy, 
kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi 
daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish 
omillari tufayli yuzaga kelishidan qat‘i nazar) jami yig‗indisini ko‗rsatadi. YAMM milliy 
hisoblar tizimi asosida hisoblanadi. 
YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR 
— XX asrning so‗nggi o‗n 
yilliklarida iqtisodiy taraqqiyotda keskin o‗zgarishlarga erishgan rivojlanayotgan 
mamlakatlar guruhi. Bu mamlakatlar ko‗pgina ko‗rsatkichlar bo‗yicha jahondagi o‗rta va 
hatto yuqori rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi. Ya.i.m.da sanoat ishlab chiqarish 
hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi o‗sdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 
hajmi ko‗paydi. Yangi qatlam — tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Ya.i.m.ga 
Lotin Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya, Meksika va 
Janubiy Sharqiy Osiyoda ―Osiyo yo‗lbarslari‖ nomini olgan bir qator mamlakatlar va 
hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan kiradi. 
Bulardan bir qadar keyinroq ikkinchi avlod Ya.i.m. deb nom olgan mamlakatlar ham 
paydo bo‗ldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi hamon qishloq xo‗jaligida band 
bo‗lishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoat mahsulotlari eksporti tez 
o‗smoqda, milliy kapital vakillarining mavqei mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin 
Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru, Urugvay, Chili, Janubiy Sharqiy Osiyoda 
Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya kiradi. Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi
darajasiga ko‗ra, Ya.i.m.dan eng rivojlanganlari — Koreya Respublikasi, Argentina, 
Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga deyarli yaqinlashdi va Ispaniya, 
Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlari bilan bir darajada turadi. Meksika va 
Koreya Respublikasining rivojlangan mamlakatlarning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti (OESD) a‘zoligiga qabul qilinganligi ham buning isboti bo‗la oladi. 
YASHILLAR
— ekologik siyosatni amalga oshirish tarafdori bo‗lgan, tabiiy 
muhitni sog‗lomlashtirish va himoyalashni asosiy maqsad qilib olgan jamoatchilik 
harakati yoki siyosiy partiya. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin