Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə433/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   462
LUG\'AT

YEVROPA HAMJAMIYATLARI
— G‗arbiy Yevropa mamlakatlarining 
davlatlararo birlashmasi; G‗arbiy Yevropa mintaqaviy tashkilotlari (Yevropa iqtisodiy 
hamjamiyati, Yevropa ko‗mir va po‗lat birlashmasi hamda Atom energiyasi bo‗yicha 
Yevropa hamkorligi)ning umumiy nomi. 1957-yilda Rimda imzolangan maxsus 
konvensiyaga asosan E.h.ning yagona Yevropa parlamenti assambleyasi (1962-yildan 
Yevropa parlamenti) ta‘sis etildi. 1967-yildan E.h.ning Vazirlar Kengashi Strasburgda va 
Komissiyalari Bryusselda joylashgan. 
YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (YEIH)
— mintaqaviy integrasiya 
tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga ko‗ra tuzilgan, ba‘zida ―Umumiy 
bozor‖ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, 
Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot a‘zosi bo‗lgan, keyin Buyuk Britaniya, 
Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gretsiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986-
yildan) qo‗shilgan. YEIH qit‘ada - iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‗tarish yo‗li bilan 
yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga 
tarkibiy qism bo‗lib kirdi. 
YEVROPA ITTIFOQI (YEI)
— o‗zida xalqaro tashkilot va federativ davlat 
xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati 
(―Umumiy bozor‖) nomi bilan atalgan. YEI to‗g‗risidagi shartnoma 1992-yil Maastrixt 
shahrida (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga a‘zo bo‗lgan 12 davlat va hukumat 
boshliqlari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta - iqtisodiy 
ittifoqini vujudga keltirish to‗g‗risidagi bu shartnoma 1993-yil 1-noyabrdan kuchga 
kirgan. YEIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga 
keltirish, ichki chegaralari bo‗lmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy o‗zaro ta‘sirni 
kuchaytirish yo‗li bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam 
berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu 
maqsadga 2002-yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va 
xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib 
borish yo‗li bilan xalqaro sohada o‗ziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki 
ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va 
ko‗paytirish. YEI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi 
Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga Avstriya, Belgiya, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, 
Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvesiya, Polsha, Chexiya, Norvegiya, 
kabi davlatlar a‘zo. Qarorgohi Bryusel shahrida (Belgiya). O‗zbekistonning jahon 
hamjamiyatiga integrasiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida o‗rin tutadi. Tashkilot 
TASIS dasturi doirasida O‗zbekistonga texnikaviy yordam ko‗rsatadi. 1999-yil 1-iyulda 
O‗zbekiston bilan YEI o‗rtasida Sheriklik va hamkorlik to‗g‗risidagi bitim ratifikatsiya 
qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-ma‘rifiy aloqalar 


332 
rivoji uchun imkoniyat tug‗dirdi. Jumladan, tomonlar o‗zaro savdoda bir-birlariga eng 
qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni o‗z hududlari orqali erkin tranzit 
qilishni ta‘minlaydilar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin