XX asming so‘nggi 15—20 yili mobaynida xalqaro sport harakatida tub o'zgarishlar yuz berdi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) a’zoligiga kiigan mamlakatlar soni oshib bordi. Ayniqsa, sobiq SSSRning inqirozi tufayli sotsialistik hamjamiyatdagi davlatlar, shuningdek, ittifoqchi respublikalar mustaqil davlat sifatida XOQ tarkibidan joy olishdi. Bu jarayonlar jahon sport hamjamiyatlari, ayniqsa, XOQning demokratik tamoyillari asosida amalga oshirilishi siyosiy va tarixiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat» shiorini faqat yurtimizdagina emas, balki taraqqiy qilgan mamlakatlar orasida ham chuqur va keng tarqalishiga erishdi. Bunda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari kabi jismoniy tarbiya va sport harakatiga ham alohida e’tibor berildi.
O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjamiyatlariga a’zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsa-da, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit’alarda turli xil sport musobaqalari, qit’a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an’anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro spoit hamjamiyatlariga a’zo bo'lib kirish maqsadida, eng avvalo, Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. Bu 1992-yil 21-yanvaidagi birinchi ta’sis majlisida amalga oshirildi. XOQ xaitiyasi asosida, va jahon spoit harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda* MOQ nizomi (ustavi) ishlab chiqildi va qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nozirov saylandi.
U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va 0‘zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to‘g‘ri kelmas edi. Shunday bo‘lsada, respublika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minlashning ba’zi bir sabablariga ko‘ra rahbarlik ishlari davom etdi. Awal MOQ vitseprezidenti bo'lgan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a’zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.
Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng muhim masalalami muhokama qilmoqda. Bunda rejalami tasdiqlash, ijrolar natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini keng yoyish eng muhimi sportchilami Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro tumirlar va olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalami doimiy ravishda muhokama qilib bor- moqda. O'zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda vazifalari. Olimpiya bilimlari asoslari (Hamroqulov A.Q., Yunusov T.T. va boshqa, Т., 2002-yil) o'quv qoilanmasida to'la ifodalangan shu sababli bu soha batafsil bayon etilmadi.
Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib borayotgan o'zaro munosabatlari va aloqalarida Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning ikki marotaba yurtimizga tashrifi, (1994—1995), Arab mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashining Prezidenti va Yunesko kabi xalqaro nufuzdagi tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul xodimlari O'zbekistonga kelishlari muhim voqealar boidi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» muzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari o'z ifodasini topdi. O'tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko'p Yevropa,
Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit’alaridagi mamlakatlarning rasmiy kishilari, sayohatchilari va sportchilari kelib ketishdi. Mazkur muzey respublika sportini taig'ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalaming rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana va juda ko'p mamlakatlarning MOQ huzurida boiib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, O'zbek kurashini o'iganish va o'igatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Afrika, Amerika va Yevropa qit’alariga borib kelishmoqda. O'z navbatida barcha qit'alaming rasmiy vakillari O'zbekistonda boiib, kurash va boshqa sport turiari bo'yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro tumirlar, o'rtoqlik uchrashuvlar va boshqa musobaqalami tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
Xuslosa1 qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro spoit aloqalami yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilami xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashda muhim voqea boidi.
Mustaqillik tufayli respublika sportchilari dastlabki yillardan boshlaboq xalqaro miqyosdagi rasmiy hamda nufuzli sport musobaqalarida faol ishtirok etish, yuksak g'alabalami qo'lga kiritishga musharraf boiishdi.
1994-yil 11— 19-aprelda Toshkentda Maikaziy Osiyo respublikalari futbol jamoalarining birinchi tumiri bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston 4 ochko bilan oldingi o'rinni egalladi. Turkmaniston va Qozog'iston futbolchilari esa 2 tadan ochkoga ega bo'lib, keyingi 2—3-o'rinlami egalladi.
1995-yil 3—S-sentabrda Toshkentda Maikaziy Osiyo respublikalarining birinchi o'yini boidi. Bunda XOQ prezidenti
X.A.Samaranch tabrik so‘zi bilan qatnashdi. 0‘yinlar dasturida tennis, og‘ir atletika, boks, qilichbozlik, suzish, yengil atletika va boshqa turlar bor edi. Tennis, boks, og‘ir atletika, basketbol va boshqa turlarda O'zbekiston yaxshi natijalarga erishdi. Umumjamoalar o'rtasida Qozog'iston 42 ta oltin, 37 ta kumush va 17 ta bronza, jami 96 ta medalni egallab birinchi bo'lishdi. O'zbekiston: 37, 35 va 25, jami — 97 ta medalga ega boiib ikkinchi va Qirg'iziston esa 11, 10, 27 — jami 48 ta medal olib, uchinchi o'rinni egalladi. Tojikiston (1 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza) 10 ta va Turkmaniston 23 ta (8 ta kumush, 15 ta bronza) medallar bilan keyingi o'rinlami egalladi.