Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   462
LUG\'AT

XALQARO SHARTNOMA 
— davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa 
sub‘ektlari o‗rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy yoki boshqa sohalarga oid o‗zaro huquq 
va majburiyatlarni belgilab beradigan kelishuv; xalqaro huquqning asosiy manbai. X.sh. 
ikki tomonlama va ko‗p tomonlama shartnomalarga bo‗linadi. Ko‗p tomonlama 
shartnoma ochiq bo‗lishi (unga boshqa davlatlar qo‗shilishi) va yopiq bo‗lishi (unga 
boshqa davlatlar X.sh. ishtirokchilarining roziligi bilangina qo‗shilishi) mumkin. X.sh. 
ning nomlari turlicha: shartnoma, bitim, konvensiya, pakt, deklaratsiya, memorandum 
statut, protokol, ustav, bayonot va b. X.sh. muddati tugagandan keyin, unda belgilangan 
majburiyatlar bajarilgach, taraflarning o‗zaro kelishuvi bo‗yicha va denonsatsiya yo‗li 
bilan amal qilishdan to‗xtaydi. O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 
X.sh.larda teng, mustaqil mamlakat sifatida qatnashadigan bo‗ldi va ko‗pdan ko‗p 
X.sh.larni ratifikatsiya qildi. Mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va b. 
sohalardagi barcha xalqaro huquqiy munosabatlari O‗zbekiston Respublikasining 
―Xalqaro shartnomalar to‗g‗risida‖gi qonuni bilan tartibga solinadi.
XALQARO SIYOSAT 

 
xalqaro munosabatlar sub‘ektlarining birgalikdagi, 
maqsadli siyosiy faoliyati; BMT va dunyo hamjamiyatining boshqa qonuniy va e‘tirof 
etilgan organlari va tashkilotlari faoliyatida namoyon bo‗luvchi birlashgan manfaat. 
Ko‗pincha tashqi siyosat bilan bir narsa deb qaraladi. Lekin unda davlatlar jahon 
hamjamiyatining ular oldida turgan muammolarni hal qilishga doir birgalikdagi, 
kelishilgan harakatlarini ta‘minlash bilan bog‗liq muhim jihat ajratiladi. Xalqaro 
muammolarni hal qilish usullari ham o‗ziga xos. Ular teng huquqli, suveren davlatlar 
o‗rtasidagi raqobat, kelishuv, muzokaralar yo‗li bilan hal qilinadi. 


319 
XALQARO SUD 
— BMTning asosiy sudlov organi. 1945-yil tashkil topgan. 
Davlatlar o‗rtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy 
masalalar bo‗yicha tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudyalardan iborat, ular BMT 
Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT 
Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish olib boradi. X.s. Gaaga 
shahrida joylashgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin