317
yildagi Jeneva konvensiyalari). Aksariyat X.k. BMT va uning
ixtisoslashgan xalqaro
tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
XALQARO KOOPERATIV ALYANSI
,
XKA
— milliy va mintaqaviy
kooperativlar uyushmalari va kooperativ federatsiyalari (matlubot, kredit, q.x. va b.)ni
birlashtiruvchi xalqaro tashkilot. BMTda maslahat maqomiga ega. 1895-yilda Londonda
tashkil etilgan. Asosiy maqsadi barcha mamlakatlarda kooperatsiyalar
rivojlanishiga
yordam berish, kooperativ harakat tamoyillarini targ‗ib etish, turli mamlakatlardagi
kooperativ tashkilotlar o‗rtasida hamkorlik o‗rnatish, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga
yordam berish va b. XKA BMTning bir qator organlari va ixtisoslashgan
tashkilotlari
bilan hamkorlik qiladi. XKA qoshida xalqaro yordamchi qo‗mitalar qishloq xo‗jaligi
kooperatsiyalari, sug‗urta, kredit, uy-joy, matlubot savdosi, ishlab chiqarish va
hunarmandchilik kooperativlari muammolarini o‗rganish bilan shug‗ullanadi. XKAning
rahbar organlari – Kongress (3 – 4 yilda bir marta chaqiriladi), Markaziy qo‗mita (har yili
chaqiriladi), Ijroiya qo‗mita (XKA Prezidenti va 2 vitse prezidenti va 13 a‘zodan iborat).
Kundalik ishlarga direktor va sekretariat rahbarlik qiladi. Shtab kvartirasi Jenevada.
1992-yil oktiyabrda O‗zbekiston XKA a‘zoligiga qabul qilingan.
XALQARO MEHNAT TASHKILOTI (XMT)
—
BMTning ixtisoslashgan
muassasasi. 1919-yilda Millatlar ligasi (ittifoqi) huzurida mehnat qonunlari va mehnat
sharoitlarini yaxshilash masalalari bo‗yicha konvensiya va tavsiyalarni ishlab chiqish
uchun xalqaro
komissiya sifatida tuzilgan; X.m.t. 8 soatlik ish kuni, onalikni himoya
qilish, bolalar mehnatiga oid qonunlar va ish o‗rinlarida xavfsizlikni ta‘minlash
yuzasidan xalqaro me‘yorlar
ishlab chiqilishiga, ish bilan bandlik dasturlarini
tayyorlashga katta hissa qo‗shdi. X.m.t.ga 182 dan ortiq davlat a‘zo (2014). O‗zbekiston
Respublikasi 1992-yil mart oyida X.m.t.ga a‘zo davlatlar tarkibiga kirgan. Hozirgi vaqtga
qadar O‗zbekiston XMTning 13 Konvensiyasini (shu jumladan 8 ta asos soluvchi
Konvensiyalarning 7 tasini) ratifikatsiya qildi. Bu tashkilot
mehnat sharoitlarini
muhofaza qilish va yaxshilash, ish bilan to‗liq bandlikni ta‘minlash va turmush darajasini
ko‗tarish, tadbirkorlar va mehnatkashlar o‗rtasida hamkorlikni rag‗batlantirish choralarini
ishlab chiqish uchun hukumatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlarni teng huquqlarda
birlashtiradi. X.m.t. tarkibi
Xalqaro mehnat konferensiyasi; ma‘muriy kengash; xalqaro
mehnat byurosi; uch tomonlama qo‗mitalar; mintaqaviy va maxsus konferensiyalardan
tashkil topgan. Qarorgohi Jenevada.
Dostları ilə paylaş: