315
ehtiyoj sezаdigаn vа ishgа joylаshishdа qiyinchiliklаrgа duch kelаyotgаn odаmlаrdir.
Bulаr – pedаgoglаr, vrаchlаr, boshqа ijtimoiy sohаlаrning xodimlаri vа mutаxаssislаri,
kаm tа‘minlаngаn vа ko‗p bolаli oilаlаr, pensionerlаr hаmdа, imkoniyatlаri cheklаngаn
kishilаr. O‗zbekiston XDP dаvlаt tomonidаn ushbu toifа kishilаrining mаnfааtlаrini
ko‗zlаb izchil siyosаt olib borilishigа hаrаkаt qilаdi, ulаrni o‗zining elektorаti deb
hisoblаydi vа sаylov kаmpаniyalаridа ulаrning qo‗llаb-quvvаtlаshigа umid bog‗lаydi.
Pаrtiya o‗zining ommаviy аxborot vositаlаrigа egа. Uning mаrkаziy nаshrlаri: o‗zbek
tilidа chop etilаdigаn ―O‗zbekiston ovozi‖ gаzetаsi; rus tilidа chop etilаdigаn ―Golos
Uzbekistаnа‖ hаftаligi. XDP parlamentga bo‗lib o‗tgan saylovlarda qo‗yidagicha
deputatlik o‗rinlarini egalladi: 1994-yilda 69 ta (27 foiz), 1999-yilda 49 ta (19 foiz),
2004-yilda 28 ta (22 foiz), 2009-yilda 32 ta (24 foiz), 2014-yilda 27 ta (20 foiz)
deputatlik o‗rinlarini egalladi.
XALQ DEPUTATLARI KENGASHI
— O‗zbekiston Respublikasining mahalliy
davlat hokimiyati vakillik organlari. Ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‗zlab
o‗z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Mahalliy hokimiyat organlari
ixtiyoriga quyidagilar kiradi: qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning
xavfsizligini ta‘minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‗imlarni belgilash,
budjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo‗jalikka rahbarlik
qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga
oshirish. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolat muddati - 5 yil. Vakillik hokimiyatini
tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi. Xalq deputatlari
mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasini va xalq
deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi. Viloyat, tuman
va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim
etadi, ular bo‗yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: