VOLYUNTARIZM
(lot.
voluntas
- iroda) — ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning
obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan,
o‗zboshimchilik bilan siyosat yuritish, o‗z xohish - irodasini hamma narsadan yuqori
qo‗yish. Ushbu atama 1883-yilda F.Tennis tomonidan muomalaga kiritilgan. V. sobiq
Sho‗rolar davrida keng quloch yoydi. O‗zboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid
qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
VORISLIK
— 1) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti jarayonida hodisalar
o‗rtasidagi aloqadorlik; jamiyatda ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning avloddan avlodga
o‗tishi hamda o‗zlashishi; an‘analarning amal qilishi;
312
VOSITA
— maqsadni amalga oshirish quroli, sub‘ektning ob‘ektga ta‘sirini
taminlovchi omillar.
VOSITACHILIK (diplomatiyada)
— ikki yoki bir necha davlatlar o‗rtasida
muzokaralar olib borilishini yo‗lga qo‗yish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular
muvaffaqiyatini ta‘minlovchi vositalardan biri. V. vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar,
xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mash‘um ―sovuq urush‖ tugallanib, Sharq bilan
G‗arb o‗rtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga o‗tilishi sharoitida
mahalliy mojarolarni tinch yo‗l bilan hal qilish uchun V.dan keng foydalanilmoqda.
Mas., BMTning, BMT Bosh kotibi, uning muovinlari, maxsus vakillari va ma‘lum
maqsadlarda tuzilgan missiyalari V. faoliyati tufayli turli mintaqalar (Afrikada – Angola
va Namibiya, Lotin Amerikasida – Nikaragua va Salvador, Osiyoda – Kampuchiya,
Yevropada – Bosniya)-da yuz bergan qurolli mojarolar to‗xtadi, Yevropa Ittifoqining
qator a‘zolari, AQSH va Rossiya vakillaridan iborat sobiq Yugoslaviya bo‗yicha aloqa
guruhi Bosniya va Gersegovinada sodir bo‗lgan urushni tugallashga erishdi.
VOTUM
(lot.
votum
- iroda, xohish) — 1) vakillik organi tomonidan hukumatga,
uning alohida a‘zosiga, boshqa ijro etuvchi organga, ijro etuvchi hokimiyatning
mansabdor shaxsiga ishonch yoki ishonchsizlik bildirish. V.ning bir necha turlari
mavjud: Ishonch V. i – parlament boshqaruv tizimi amalda bo‗lgan davlatlar parlament
amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yo‗li, muayyan
tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan ma‘qullanishi. Ishonch V.i
to‗g‗risidagi mas.,i qo‗yish tashabbusi bilan hukumatning o‗zi, parlament fraksiyalari
yoki deputatlar guruhlari chiqishi mumkin. Ishonchsizlik V.i – parlament boshqaruv
tizimi amalda bo‗lgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki
ayrim vazirning siyosiy yo‗li, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata
tomonidan noma‘qul deb topilishi. Mazkur V. to‗g‗risidagi masala hukumatning o‗zi,
parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan qo‗yiladi.
Hukumatga ishonchsizlik V.i bildirilishi amalda hukumatning iste‘foga chiqishiga va
yangi hukumat tuzilishiga (ya‘ni siyosiy tanglikka) yoxud parlament (quyi palata)
tarqatib yuborilishiga hamda muddatidan avval parlament saylovlari o‗tkazilishiga sabab
bo‗ladi. Majburiy V. – ayrim mamlakatlarda muomalaga layoqatli barcha fuqarolarning
davlat hokimiyati organlariga saylovlarda, albatta, qatnashishini talab etuvchi yuridik
majburiyat. Plyural V. – ayrim mamlakatlarda saylovchilarning muayyan toifalari
saylovlarda ikki yoki undan ortiq ovozga ega bo‗lishini taqozo etadigan tartib. Saylov V.i
– parlament, prezident, munitsipalitetga saylovlar bo‗yicha yakuniy natijalar. Ishonch
yoki ishonchsizlik bildirish hukumat, hukumat a‘zosi, boshqa organ uchun ham, vakillik
organining o‗zi uchun ham muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ba‘zi mamlakatlarda
hukumat tomonidan taqdim etilgan uning faoliyati dasturini qo‗llab-quvvatlab parlament
ovoz berishi ishonch bildirishga tenglashtiriladi. Bu dasturni qo‗llab-quvvatlashni rad
etish parlamentning ishonchsizlik bildirishi tariqasida hukumatning iste‘foga chiqishini
nazarda tutadi. Yoki ikkala masala bir vaqtda qo‗yiladi. Mas., Armaniston
Konstitutsiyasining 74-moddasiga muvofiq, Hukumat yangi saylangan Milliy Majlis yoki
o‗zi shakllantirilgandan keyin yigirma kunlik muddatda Milliy Majlis yig‗ilishida
ishonch bildirish to‗g‗risidagi mas.,i qo‗yib, o‗z faoliyati dasturini ma‘qullash uchun
Milliy Majlisga taqdim etadi. O‗z navbatida, deputatlar umumiy sonining kamida uchdan
313
bir qismi Hukumatga ishonchsizlik bildirish to‗g‗risida qaror loyihasini kiritishi mumkin.
Agar bunday qaror loyihasi kiritilmagan yoki u qabul qilinmagan bo‗lsa, Hukumatning
dasturi ma‘qullangan hisoblanadi. Agarda ishonchsizlik bildirish to‗g‗risida qaror qabul
qilingan bo‗lsa, Bosh vazir Hukumatning iste‘fosi to‗g‗risida Respublika Prezidentiga
ariza taqdim etadi. Ayrim chet mamlakatlarda, shuningdek RF tarkibidagi
respublikalarda umuman hukumatgagina emas., balki hukumatning alohida a‘zosiga
ishonch (ishonchsizlik) bildirish imkoniyati nazarda tutilgan. Mas., Dog‗iston Xalq
Majlisi Respublika Hukumatiga va (yoki) Hukumat a‘zosiga ishonchsizlik bildirishi
mumkin. Biroq RF Konstitutsiyasi bo‗yicha Davlat Dumasida bunday imkoniyat yo‗q.
Parlament yoki parlament palatasi tomonidan hukumatga ishonchsizlik bildirish hamisha
ham hukumatning iste‘foga chiqishiga, parlamentning, palataning tarqatib yuborilishiga
olib kelavermaydi. Bir qator konstitutsiyalarda masala parlament foydasiga hal qilinadi:
hukumatga ishonchsizlik bildirilgan taqdirda parlamentni tarqatib yuborish masalasi
mavjud bo‗lmaydi, hukumat iste‘foga chiqishi kerak bo‗ladi yoxud prezident uni
iste‘foga chiqarishi lozim. Mas., Udmurtiya Davlat Kengashi tomonidan respublika
Hukumatiga ishonchsizlik bildirilishi uning to‗liq tarkibi iste‘foga chiqishiga sabab
bo‗ladi. Tatariston Davlat Kengashi Vazirlar Mahkamasiga ishonchsizlik bildirishi ham
shunday oqibatlarga olib keladi.Ba‘zi mamlakatlarda hukumat rahbariga ishonchsizlik
bildirish hukumatning yangi boshlig‗ini saylash va avvalgisini ishdan ozod qilish
to‗g‗risida mamlakat prezidentiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat
muayyan vaqt hukumatsiz bo‗lib qoladigan hukumat tangligining oldini olish imkonini
beradi. Bunday tartib, mas., Germaniyada qo‗llaniladi va konstruktiv (amaliy)
ishonchsizlik bildirish deb ataladi. 2) Saylov yoki vakolatli muassasada saylovchilar
ko‗pchiligi tomonidan ifodalangan yoki qabul qilingan fikr (qaror).
―Votum‖ tushunchasi
ovoz berish natijasini ham anglatishi mumkin. Bunda ovoz berish natijasida biror organ
saylangan yoxud saylanuvchilar yoki organning ko‗pchiligi tomonidan qaror qabul
qilingan bo‗ladi. Mas., ―konstitutsiya referendumda saylovchilar votumini oldi‖ degan
jumlani umumxalq ovoz berishida (referendumda) ishtirok etgan saylovchilar
ovozlarining ko‗pchiligi mazkur konstitutsiyani yoqlab berilgan deb tushunmoq kerak.
|