Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə410/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   462
LUG\'AT


XALIFA 
(ar. o‗rinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining 
diniy hamda dunyoviy boshlig‗i. X. Muhammad payg‗ambar (sav) ning o‗rinbosari, 
ummaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad 
(sav)dan keyingi to‗rt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, ya‘ni 
to‗g‗ri yo‗ldan boruvchi X.lar deb atashgan. 
XALIFALIK 
— VII-VIII asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, 
Yaqin va O‗rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‗z 
ichiga olgan davlat. Ibn Xaldunning yozishicha, ―johiliya arablari‖ faqat diniy sifatdagi 
(payg‗ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham 
hijratdan so‗ng Madinada barpo bo‗lgan va 630–632-yillarda butun Arabiston yarim 
orolini o‗z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. 
Bu davlatning boshlig‗i – rasululloh – Allohning elchisi, ammo u abadiy emasligi 
payg‗ambarning o‗zi tomonidan qaytaqayta ta‘kidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda 
boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) 
– payg‗ambarlarning oxirgisi. X. islom teokratik davlati tarixda bir marta tuzilgan va 
Muhammad paygambar shaxsi bilan bevosita bog‗liq. Hozir nafaqat islom, balki boshqa 
har qanday dinga asoslangan teokratik davlat tuzish samarasiz va befoydadir, zero XX 
asrning yirik tarixchisi A.Toynbi ta‘biri bilan aytganda, cherkov zamin muammolarini 
zamin vositalari orqali hal qilishga qodir emas. Bizning ko‗z o‗ngimizda ―Tolibon‖ islom 
dinini niqob qilib olib, teokratik davlat tuzishga urinib ko‗rdi. Hozirgi paytda ―Hizb 
uttahrir alislomiy‖ partiyasi xalifalik shaklidagi yagona musulmon davlatini tashkil 
etishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan. Ammo uning bu xattiharakatlari batamom 
asossiz, g‗ayriqonuniy va islom shariatiga ziddir. Qur‘oni karimda X.ni barpo qilish 
bo‗yicha buyruq berilmagan, qat‘iy dalil ham mavjud emas. 
XALQ 
— 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) umumiy tarixiy taqdir, 
o‗xshash turmush tarzi belgilari va axloqiy qadriyatlar, shuningdek, yagona tarixiy 
jamoaga mansublik hissi asosida birlashuvchi ijtimoiy guruhlar birligi; tarixiy birlikning 
turli shakllari (qabila, elat, millat). X.larning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va 
shakllanish jarayonini o‗rganishda ijtimoiy fanlarda ―etnos‖ (yun. ―xalq‖) va ―etnik 
birlik‖ iboralari qo‗llaniladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin